«Kasperskiy Laboratoriyasi» bolalarga Internetning xavfi haqida so‘zlab beradi
27.10.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

«Kasperskiy Laboratoriyasi» tomonidan Qozog‘istonda ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchilar va ota-onalarga ta’limiy ishlarga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Yosh avlodga internet-xavfi muammolari hamkorlikdagi ishlarni boshlash uchun sabab bo‘ldi. Loyiha doirasida dastlabki tadbir amalga oshirildi. 11-oktabr kuni Aktobe shahrida ikkita seminar — ota-onalar uchun va ota-onalar qo‘mitalarining a’zolari uchun, shu­ningdek, ikkinchi seminar ta’lim muassasalarinig rahbarlari uchun tashkil etildi. Tadbirlarga jami 500ga yaqin ishtirokchi jalb etildi.

Tashabbus «Atameken» RK Milliy palatasi tadbirkorlari qoshidagi ishbilarmon ayollar kengashi va «ALEKS-ASU» kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. «Kasperskiy Laboratoriyasi» butun Qozog‘iston bo‘ylab ta’lim muassasalarida loyiha bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish doirasini kengaytrishni rejalashtirgan. O‘qituvchilar va ota-onalar uchun tadbirlar 2016–2017 yillar mobaynida o‘tkaziladi. «Kasperskiy Laboratoriyasi» ma’lumotlariga muvofiq, bugungi kunda bolalarda turli internet-xavfiga duch kelish imkoniyati mavjud: ular to‘satdan yoki atayin 18+ sahifalariga kirib qolishlari, xavfli notanish insonlar bilan muloqot qilishlari va hattoki, kiberbulling (onlayn-ta’qib) ishtirokchisiga aylanishlari mumkin. Shuningdek, yosh foydalanuvchilarga zararli dasturiy ta’minot va fishing xavf soladi. Natijada 37% so‘ralganlar Internet* xavfiga duch kelganliklarini tan olganlar. Bolalar uchun kiber xavf masalasida Qozog‘iston jahon tendensiyalariga muvofiq keladi, bu esa mamlakatimiz uchun mazkur mavzuning ahamiyatga molikligini yana bir bor tasdiqlaydi.

«Bolalarni kiberxavfdan himoya qilish — kompaniya uchun muhim hamda shu bilan bir vaqtda, yoqimli vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ko‘plab amalga oshirilgan tadqiqotlarimiz ko‘rsatishicha, jajji foydalanuvchilar tarmoqda o‘zlarini juda faol tutadlar, ota-onalariga nisbatan kiberolam haqida ko‘proq biladilar va o‘z internet-faolliklarini yashira oladilar. Ularning xavfsizligi uchun hamda ota-onalar asablarini asrash uchun nafaqat antivirus mahsulotlarini ishlab chiqaramiz va takomil­lashtiramiz, balki o‘qituvchilar, ota-onalar va bolalar uchun mazkur tashabbusga oid bir qator tadbirlar tashkil etamiz», — sharhlaydi «Kasperskiy Laboratoriyasi»ning Qozog‘iston, Mar­kaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bo‘yicha boshqaruvchi direktori, Yevgeniy Pitolin.

«Kasperskiy Laboratoriyasi» bolalarni tarmoqda himoya etish maqsadida Kaspersky Safe Kids ilovasini, shuningdek, barcha qurilmalar uchun Kaspersky Internet Security va Kaspersky Total Se­curity yechimlari tarkibiga kiruvchi «Ota-ona nazorati» modulini ishlab chiqqan. Mazkur dasturlar ota-onalarga farzandlarining Internetdan foydalangan vaqtlarini nazorat qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular bolalarni 18+ kontentidan himoya qiladi, kattalarni kiberbulling belgilaridan ogohlantiradi hamda qo‘ng‘iroq va SMS statistikasini ma’lum qiladi. Bolalarning qayerdaligini kuzatish hamda yana shunday muhim boshqa qator funksiyalarni amalga oshiradi. 2016-yilda IconKids&Youth tashkiloti «Kasperskiy La­boratoriyasi» uchun maxsus «Internet asrida bolalarni tarbiyalaymiz» tadqiqotini o‘tkazdi. So‘rovnomada Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiyadan 8dan 16 yoshgacha farzandlari bilan (bir oiladan ota-ona va bir bola) 3780ta oila ishtirok etdi. Tadqiqot matnida xalqaro statistika bayon etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ota-onalar, o‘qituvchilar uchun Internetdan xavfsiz foydalanish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xavfsizligi markazi faol shug‘ullanib kelmoqda. Masalan, markazning saytida «Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma» maxsus risolasi e’lon qilingan. Bu haqdagi material jurnalimizning 2016-yil 3-sonida ham chop etilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq