Hasbro Companion Pet Golden Pup – keksalar uchun hamroh jajji yoqimtoy robot-kuchukcha
27.10.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Hasbro yolg‘iz keksalar hayotiga mazmun kiritadigan qurilmalar ustida ishlashda davom etmoqda. O‘tgan yili Companion Pet Cat robot-mushukcha haqida ma’lumot bergandik. Hozirgi vaqtda ishlab chiqaruvchi yangi oltin tusli qurilma buvijon va bobojonlarga yaxshi do‘st bo‘la oladigan — Companion Pet Golden Pup-robotini taqdim etmoqda, — xabar beradi Robotics.ua.

has_27_10_2016

Robot nimalarga qodir
Companion Pet Golden Pup bilan qar qanday foydalanuvchi elektronika va texnikaga oid bilimlarsiz ham muomala-munosabatda bo‘la oladi. Unda barcha jihatlar sensor darajasida amalga oshirilgan. Robot bilan suhbatlashish uchun murojaat etilganida u boshini o‘gira oladi va tegishli javob beradi. Robot bilan yanada yaqin iliq munosabatda bo‘lish uchun yelkasiga qoqib, erkalab qo‘yish ham mumkin. Agar bir necha daqiqa mobaynida u bilan muloqot qilinmasa, u shunchaki uxlab qoladi. Robotni uyg‘otish uchun uning boshini silab qo‘yish kerak.

Mazkur robot umuman xavfsiz. Ehtimol, robot yura olmasligi, yugurolmasligi hamda panjalari bilan o‘ziga torta olmasligi sababli xavfsizlik ta’minlanadi. Biroq uning tashqi qiyofasi juda ham haqiqiyga o‘xshaydi, shu sababli Hasbro xavfsizlikka oid ayrim maslahatlarni taqdim etadi, masalan:

  • behosdan qoqilib ketmaslik uchun qurilmani hech qachon polga qo‘ymaslik zarur.
  • Robotdan foydalanmaydigan vaqtlarda, ayniqsa, tunda uni yuqori joylarga joylashtirish zarur.
  • Uning ustiga nam, suv tegishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Xulosa qilib aytganda, robotlar — uyda hamroh sifatida keksa avlodga juda asqotadigan istiqbolli qurilma hisoblanadi.

Taqdiqotlar ko‘rsatishicha, Sony kompaniyasning AIBO robot-kuchukchasi AQSHda yashaydigan ko‘plab qariyalarga o‘zlarini yolg‘iz his etmasliklari uchun yordam bermoqda. Shu tariqa, robotlarning kelgusida odamlar va uy jonivorlari bilan munosabatda bo‘la olishlari amaliy isbotini topmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq