BMW konseptual o‘zini balanslashtiruvchi Motorrad Vision Next 100 mototsiklini taqdim etdi
27.10.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
BMW kompaniyasi BMW Vision Next 100, Mini Vision Next 100 va Rolls-Royce Vision Next 100 konseptual avtomobillari ortidan Motorrad Vision Next 100 konseptual mototsiklini taqdim etdi. Unda ishlab chiqaruvchining yaqin o‘n yilliklarda mototsikllar qanday rivojlanishi mumkinligi haqidagi tasavvurlari mujassam etilgan.
Mototsikl atrof-muhitni ifloslashtirmay, dvigatel harakati bilan ishga tushadi, ramasi moslashuvchan bo‘lib, buning evaziga burilishlarda muvozanatni saqlab, qo‘llab-quvvatlaydi.
BMW ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy yangiliklardan biri mototsiklga joylarda va harakatlanishda muvozanatni saqlashga imkon beruvchi o‘zini balanslashtiradigan tizimdir. U harakatlanishda shunchalik xavfsizlikni oshiradiki, hattoki, shlem va himoya kostyumiga ehtiyoj qolmaydi. Shlem o‘rniga mototsiklchi zarur buyumlari qo‘shimcha reallik ko‘zoynaklari bilan to‘ldirilgan. Ular mototsikl haydovchisining yuzini shamol va havo oqimidan himoya qiladi hamda foydalanuvchini axborot bilan ta’minlaydi, biroq mototsikl ekrani faqat zarur holatlardagina ishga tushadi va qolgan vaqtda atrof manzarani cheklab, halaqit qilmaydi.
Ishlab chiqaruvchi ma’lum qilishicha, hozircha mototsiklni shlemsiz boshqarishga ruxsat etilmaydi. Sababi hozirgi vaqtda tizim takomillashtirilmoqda, mahsulotning seriyali ishlab chiqarilishi 2030-yildan oldin taqdim etilmaydi.
Manba: http://brand.bmw-motorrad.com