26-28 oktyabr kunlari “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzusida bo‘lib o‘tadigan o‘quv-trening kursi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
27.10.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

tuit_27_10_2016

Yurtimizda AKT sohasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan, 2016-yil iyun oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumi asosida “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kursini tashkil etish rejalashtirilgan edi.

tuit_27_10_2016_1

Shunga asosan, Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligidan 9 kishidan tashkil topgan delegatsiya tashrif buyurdi. Janubiy Koreyalik mutaxassislar tomonidan 3 kun mobaynida seminar va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi, bu kelajakda yosh dasturchilarni Elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga zamin bo‘ladi.

tuit_27_10_2016_2

O‘quv-trening kursiga TATUdan 45 nafar iqtidorli talabalar va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazidan 5 nafar xodim jalb etilgan.

O‘quv-trening kursi davomida tinglovchilar “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” nima uchun kerakligi, Git/GitHub bilan tanishtirish va Git/GitHub foydalanish, Node dasturiy ta’minotidan foydalanib, Mobil servislarni ishlab chiqish va foydalanish asoslari, Node dasturiy ta’minoti uchun dasturlash asosi, Ilovalar dasturiy interfeysini yaratish, “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” ni strategik foydalanish va asosiy muvaffaqqiyatli vaziyatlar, “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” boshqaruvini o‘rganadilar.

tuit_27_10_2016_3

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq