«O‘zbektelekom» AK ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlarini X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida taqdim etmoqda
26.10.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

yar_25_10_2016

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-martdagi «2016-yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini (XSYAKB) tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 67-son qaroriga muvofiq 24 – 31 oktabr kunlari mobaynida «O‘zekspomarkaz» AJ MKM maydonlarida X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi o‘tkaziladi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining maqsadi – xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarishni optimallashtirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida keng ma’lumotlar berish, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining hamkorlar izlash hamda o‘zaro shartnomalar tuzish, sanoat kooperatsiyasi ishlab chiqarish korxonalarining xususiy ishlab chiqarilgan mahsulotlarini eksportga yetkazib berishlariga hamkorlik qilishdan iborat.

Tadbirda mamlakatimizning 2200dan ortiq: mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati, metallurgiya, farmatsevtika sanoati va boshqa sanoat tarmoqlarida faoliyat yuritadigan korxonalari, kompaniya va tashkilotlari ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma maydonlarida 4ta pavilon, 2ta atrium, konferens-zalda joylashtirilgan 24 mingdan ortiq eksponatlar namoyish qilinmoqda.

yar_25_10_2016_01

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda o‘tkazilgan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga jahonning 55ta mamlakatidan 1200dan ortiq xorijiy firma va kompaniyalar vakillari tashrif buyurgandi. Tadbir loyihasi dorasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha 11 trln. so‘mlik mahsulotlar sotib olish shartnomalari imzolangan edi. $8,3 mlrd. so‘mdan ortiq eksport shartnomalari imzolangandi.

yar_25_10_2016_02

Yarmarkada «O‘zbektelekom» AK hamkorlikda tashkil etilgan quyidagi ishlab chiqarish korxonalari: «Telecom Innovation» QK, «Olive Telecom» QK hamda «Telmax Electronics» MCHJ ICHK, shuningdek, ikki yangi qo‘shma korxona «BROADBAND SOLUTIONS» MCHJ QK va «ZTT TELEKOM» MCHJ QK hamda «SMART VISION» QK o‘z stendlari bilan faol ishtirok etmoqda.

«BROADBAND SOLUTIONS» MCHJ QK:

  • optik tarmoq foydalanuvchilari uchun kommutatsiyalar stansion uskunalari (OLT va MXU) ishlab chiqaradi;

yar_25_10_2016_06

  • optik tarmoq foydalanuvchilari uchun abonent terminal qurilmasi (ONT).

yar_25_10_2016_07

«ZTT TELEKOM» MCHJ QK quyidagilarni ishlab chiqaradi:

yar_25_10_2016_03

  • turli konnektorli (pigteyllar, patchkordlar) ulanish optik tarmoq qurish uchun optik kabeldan montaj sarflash materiallari;

yar_25_10_2016_04

  • turli sig‘imdagi optik tarmoq qurilishi uchun optik kabellarni tashqi telekommunikatsion taqsimlovchi shkaflar.

«SMART VISION» QK ZTE va «O‘zbektelekom» AK ishtirokidagi «IP va videotelefonlar ishlab chiqarilishini tashkil etish» loyihasi doirasda tashkil etilgan.

yar_25_10_2016_05

«SMART VISION» QK ishlab chiqarish liniyalarida xPON tarmog‘i foydalanuvchilari uchun IP telefonlari va videotelefonlar ishlab chiqariladi.

yar_25_10_2016_08

«BROADBAND SOLUTIONS» MCHJ QK, «ZTT TELEKOM» va «SMART VISION» QK «Jizzax» EIZ ishtirokchisi sifatida Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi va Jizzax» EIZ Direksiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

yar_25_10_2016_09

«Telecom Innovation» QK – «Navoiy» EIIZda joylashgan bo‘lib, «O‘zbektelekom» AK ATS abonentlari uchun ADSL-modemlari va DSLAM-uskunalari ishlab chiqaradi.

yar_25_10_2016_10

«Olive Telecom» QK – «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali abonentlari uchun CDMA 450 standartidagi mobil telefonlari, shuningdek, IPTV uchun televizion pristavkalari hamda planshetlar ishlab chiqaradi.

yar_25_10_2016_11

yar_25_10_2016_12

«Telmax Electronics» MCHJ ICHK aloqa va telekommunikatsiyalar tizimlarida foydalanilanish uchun katta ilmiy salohiyatni talab etadigan konstruktorlik va elektron-texnik mahsulotlarni ishlab chiqish, loyihalash hamda ishlab chiqarish, shuningdek, xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish – texnik mahsulotlar, jumladan, axborot tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

yar_25_10_2016_13

Mazkur korxonalar mahsulotlari «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlari va abonentlari tomonidan keng foydalaniladi.

O‘tgan yillardagi kabi hamkorlik bo‘yicha takliflar taqdim etilishi maqsadida, sanoat kooperatsiyasi va tajriba almashish doirasida, O‘zbekiston Respublikasi sanoat tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari texnik salohiyatlari hamda texnologik imkoyayatlarini aks ettiruvchi taqdimotlar namoyish etilmoqda.

Barcha xohlovchilarni kompaniya stendlari joylashgan «O‘zekspomarkaz» AJ MKM 3-Paviloniga tashrif buyurishga taklif etamiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq