Ko‘chma savdoga ruxsatnoma olish
24.10.2016
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona portalda Toshkent shahri tuman hokimiyatlarining yuridik shaxslar tomonidan ko‘chma savdoga ruxsatnoma olishga elektron ariza taqdim etish yangi xizmati ishga tushdi.
Ruxsatnoma berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdoga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016 yil 13 iyuldagi 233-son qaroriga binoan Toshkent shahrida ko‘chma savdo qilishda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig’im undiriladi.
Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza tuman hokimiyati tomonidan uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Xizmatning natijasi boʻlib arizachiga ko‘chma savdoga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xabarnomani yuborish hisoblanadi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq