“INFOLIB – 2016” V Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochildi
24.10.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

lib_24_10_2016

2016 yil 24 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB–2016” V Milliy axborot-kutubxona haftaligi tantanali ochildi. Haftalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi 33-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ga asosan o‘tkazilmoqda.

Tadbir avvalida direjyor Dilshod Mutalov boshchiligidagi O‘zbekiston davlat akademik xalq-cholg‘u orkestri ijrosida o‘zbek va chet el kompozitorlarining klassik, milliy va zamonaviy musiqalari yangradi.

lib_24_10_2016_1

Haftalikning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakili Isroil Umarov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Fayzullaev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, Respublika Ma’naviyat va targ‘ibot markazi vakili Ziyoda G‘afforova so‘zga chiqdilar.

lib_24_10_2016_2

So‘zga chiqqqanlar yoshlarning barkamol inson etib tarbiyalashda, ularda kitob mutolaasiga qiziqish uyg‘otishda, ularning ma’naviy tarbiyasida, aholining axborot madaniyatini oshirishda kutubxonaning roli to‘g‘risida so‘zladilar. Shuningdek, ular zamonaviy jamiyatda axborot-kutubxona muassasalarining roli va vazifalari haqida alohida to‘xtaldilar. Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Fayzullaev Haftalik ishtirokchilarini qutlar ekan, Milliy axborot-kutubxona haftaligining O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasining rivojlanishidagi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. “Mazkur «INFOLIB-2016» Haftaligi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislariga tajriba almashish keng imkoniyatlar yaratib beradi”, dedi u. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Muxammad Ali yig‘ilganlarni kitob bayrami bilan tabriklab, dedi: “Kutubxona ma’naviyat markazi hisoblanadi. Bu bebaho maskan, unda halqning asriy merosi saqlanadi. Zamonaviy kutubxona hozirda nafaqat zamonaviy multimedia jihozlaridan foydalangan holda axborotni tez va sifatli olish markazi, balki turli madaniy-ma’rifiy va ta’limiy tadbirlar o‘tkaziladigan maskandir”.

lib_24_10_2016_3

“INFOLIB–2016” V Milliy axborot-kutubxona haftaligi ishtirokchilarini qutlar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev, Haftalikning respublika axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan fikr va tajriba almashishda, yangi ish yo‘llarini takomillashtirish va aholini intellektual salohiyatini oshirishda, ta’lim, ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarini to‘liq qondirishda, ularga qulay sharoitlar yaratish uchun zamonaviy sharoitda haftalikni o‘tkazishda kerakli maydoncha hisoblanishini ta’kidladi va “INFOLIB–2016” V Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar bilan tanishtirdi.

Haftalik “Betgerxonlik − 2016” davra suhbati, axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun bibliografiya va axborot-kutubxona resurslarini saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish yunalishida seminar-mashg‘ulotlar, axborot-kutubxona sohasida marketing, 1-4 sinf o‘quvchilari uchun “Maktab o‘quvchisining axborot madaniyati” deb nomlangan metodik qo‘llanma va professor T.Nishonboevning “«Servisga yo‘naltirilgan arxitektura» nomli kitobi taqdimotlari, shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Yo.Sa’diev bilan ijodiy uchrashuv bilan boshlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq