«KARKAS» dasturiy majmua
22.10.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Namangan muhandislik-pedagogika instituti olimlari yog‘och karkasli g‘ishtli binolar dinamik xarakteristikalarini hisoblashning KARKAS dasturiy majmuasini yaratdilar.

Dasturiy majmua yog‘och karkasli binolarni zilzilabardoshligini hisoblash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni dinamik xarakteristikalarini- seysmik yuklamani shakllantirish uchun zarur bo‘lgan tabiiy silkinishlar chastotalari va shakllarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Hisoblashlar fazoviy modeldan foydalangan holda amalga oshiriladi va bino silkinishlarining aniq fazoviy shakllarini aks ettiradi, uning qiyofasiga qarab seysmik ta’sirning turli intensivligida konstruksiyaning turli tomonlari bo‘yicha mustahkamligi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Majmua alohida dasturlardan tuzilgan bo‘lib, uni hisoblash modelini yaratishdan boshlab muayyan ketma-ketlik bo‘yicha ishga tushirish zarur. Hisoblash modelini yaratish, chekli element modeli tavsifini o‘z ichiga olgan matnli fayldan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Hammualliflar — Razzakov Sobirjon, Xolmirzayev Sattor, Jurayev Baxtiyor, Martazayev Abdurasul va Abdullayeva Saidaxonlarga ushbu dastur uchun № DGU 03932 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq