Davra.uz da O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri virtual qabulxonasi
20.10.2016
Rukn: Internet.
Muallif: Zumrad Shadjalilova.

pm_19_10_2016

Davra.uz ijtimoiy tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi axborot markazi” guruhi ochildi — bu fuqarolardan murojaatlarini qabul qilishning yana bir imkoniyatidir.

Davra.uz orqali O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuborilgan barcha murojaatlar rasmiy maqomga ega.

Davra.uz da murojaat yuborish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Davra.uz orqali Bosh vazirga murojaat etish uchun elektron raqamli imzo TALAB ETILMAYDI.

Davra.uz da ro‘yxatga olingan va ushbu guruhga kirgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaat yuborishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga murojaat yuborishning boshqa usullaridan farqli ravishda, Davra.uz foydalanuvchilari oshkora yoki shaxsiy ko‘rinishida murojaat yuborish imkoniyatiga egalar.

Oshkora murojaatlar bevosita guruh lentasida chop etiladi va ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari ko‘rishi uchun ochiqdir. Oshkora murojaatning asosiy afzalligi bu ochiqlik va interaktivlikdir – bunda Siz axborot markazining xodimlari bilan oshkora ravishda, bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, bu o‘z o‘rnida, murojaatlar ijrosining yanada sifatli amalga oshishiga turtki bo‘ladi. Bundan tashqari, yuborilayotgan murojaatga ushbu murojaatni qo‘llovchi boshqa foydalanuvchilar ham qo‘shilishlari mumkin, bu o‘z o‘rnida, takroriy murojaatlarning miqdorining kamayishiga olib keladi. Ijtimoiy tarmoqning yana bir afzalligi bu – murojaatni yanada tushunarli bo‘lishini ta’minlovchi rasm, videoni yuklash, hamda xaritada belgilarni qoldirish imkoniyatining mavjudligidir.

Shaxsiy murojaatlarni yuborish uchun foydalanuvchi «O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi axborot markazi» Guruhi ma’murlaridan biriga murojaat yuborishi mumkin.

Guruh ma’murlari tomonidan barcha qabul qilingan murojaatlarning doimiy monitoringi olib boriladi, murojaat holati o‘zgarishi va uning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sharhlarda chop etiladi yoki jo‘natuvchilarning o‘zlariga shaxsan yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ariza, taklif va shikoyatlarni yuborish bo‘yicha qoida va tavsiyalar bilan «O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi axborot markazi» guruhida tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 24 sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ariza, taklif va shikoyatlarni pm.gov.uz sayti orqali,  (0 800) 210-00-00 yoki «1000» qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan holda, yoki O‘zLiDeP hududiy partiya tashkilotlariga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq