IUT talabalari Winncom Technologies tanlovida g‘alaba qozondilar
19.10.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

win_19_10_2016

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalari “Winncom Technologies” kompaniyasi tashkil etgan tanlovda g‘alaba qozondilar.

Technologies kompaniyasining viktorinasi sentabr oyining oxirida tashkil etilgan ICTEXPO 2016 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazildi.

Tanlov qoidalariga ko‘ra, ishtirokchilar axborot texnologiyalariga oid sakkizta savolga javob berishlari lozim edi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, IUTning ikkinchi bosqich talabasi Firdavsbek Narzullayev tanlovning ikki nafar asosiy g‘oliblaridan biriga aylandi. U “Samsung Galaxy Tab E” planshetining sohibiga aylandi.

IUTning uchinchi bosqich talabalari Sherzod Elamanov va Ne’matjon Narziyevlar ikkinchi darajali g‘olibi bo‘ldilar. Ularga “Lenovo” portativ xotira disklari topshirildi.

Sovrinlardan tashqari IUT talabalari “Winncom Technologies” kompaniyasining O‘zbekistondagi ofisida amaliyot o‘taydilar va ishga qabul qilish imkoniyatini ham qo‘lga kiritishlari mumkin.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq