O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish (O‘zbekiston Respublikasining barcha hududga Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan g‘amlash (to‘plash))
18.10.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_17_10_2016

Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va oqilona foydalanish bo‘yicha Respublika davlat inspeksiyasi (Davlatbionazorati) “O‘simlik dunyosi ob‘yektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olish (O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan g‘amlashga (to‘plashga) olish uchun)” yangi xizmati ishga tushdi.

Ushbu xizmatdan yovvoyi osuvchi dorivor, oziqovqatbop va texnik o‘simliklar hamda ularning qismlarini yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-noyabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida” № 290 qaroriga ko‘ra, o‘simlik dunyosi ob’yektlarini g‘amlashga (to‘plashga) ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun har gal O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 0,1 koeffitsiyenti miqdorida, tabiatdan foydalanuvchilar – yuridik shaxslardan 0,2 koeffitsiyenti miqdorida va xorijiy fuqarolardan – 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Ruxsatnoma olish uchun ariza 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Arizachiga ruxsatnoma berilish vaqti va joyi haqida xabarnomani yuborish xizmatning natijasi bo‘lib hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq