Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va statistika bo‘yicha masofaviy ravishda malaka oshirish dasturi
14.10.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi va Salomatlik va tibbiy statistika instituti xodimlari sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va statistika bo‘yicha masofaviy ravishda malaka oshirish dasturini yaratdilar.

Dastur vrachlarni masofaviy ravishda malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan. Dastur masofaviy malaka oshirish qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, o‘quv dasturlari bilan tanishtirish, portfolio orqali malaka oshirish natijalarini kuzatib borish, testlarni yechish bo‘yicha vaqtni belgilash, test natijalarini ekranga chiqarib berish va test natijalarini saqlash imkonini beradi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va statistika qilish bo‘yicha masofadan o‘qitish jarayoni onlayn rejimida amalga oshiriladi. Dastur yakunida onlayn rejimida o‘qigan tinglovchilarining ro‘yxati test natijalari bilan chiqarib beriladi.

Mualliflar Zaynidinov Xakimjon, Abduraximov Zoxid, Atadjanova Mukaddas va Abduraximov Ziyodlarga ushbu dastur uchun № DGU 03883 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq