O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni va butazorlani kesish uchun ruxsatnomani olishga ariza yuborish
12.10.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

d

Toshkent shahrining tuman Hokimiyatlaridan yuridik va jismoniy shaxslar uchun O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni va butazorlani kesishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza yuborish yangi interaktiv xizmati ishga tushdi.

To‘lov daraxtning diametriga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20 noyabrdagi «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida» № 290 qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Daraxt yoki buta tabiiy sabablar natijasida 80% dan ortiq hayotiyligini yo‘qotgan bo‘lsa, kesish uchun to‘lov talab qilinmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish natijasida mas’ul shaxslar daraxt va butazorlarni o‘rganish uchun joyiga chiqib tekshirish ishlarini olib boradi. O‘rganish asosida arizachiga ruxsatnomani olish sanasi va joyi haqida xabarnoma yuboriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 ish kuni.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq