9 oktyabr – Butunjahon pochta kuni
10.10.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

1874 yil 9 oktyabrda Shveytsariya poytaxti Bern shahrida Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan va har yili ushbu sanada Butunjahon pochta kuni nishonlanadi. Rasman 9 oktyabrni Butunjahon pochta kuni deb e’lon qilish haqida 1969 yili Tokioda bo‘lib o‘tgan Butunjahon pochta ittifoqining navbatdagi Kongressida qaror qabul qilingan.

Butunjahon pochta kunining asosiy maqsadlaridan biri pochta sohasini davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini tadbiq etishdir. BPIga a’zo-davlatlar tomonidan milliy pochta xizmati faoliyatiga oid tadbirlar dasturlari qabul qilinib ommaviy axborot vositalari orqali yoritib o‘z aholisini tanishtirishga harakat qiladilar.

Har yili 150dan ortiq davlatlarda Butunjahon pochta kuniga bag‘ishlab turli tadbirlar o‘tkaziladi. Ayrim davlatlarda bu kun dam olish kuni deb e’lon qilinadi. Ko‘plab pochta ma’muriyatlari fursatdan foydalanib yangi pochta maxsulotlari va xizmatlarini joriy etadilar va shu kuni faol pochta xodimlarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazadilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq