Yaponiya kompaniyasi robomobil uchun 3D-karta yaratishga kirishmoqda
05.10.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Qator yapon kompaniyalari Dynamic Map Planning qo‘shma korxonasini tashkil etib, mustaqil boshqariladigan avtomobillar uchun yuqori darajada yechimlarga ega 3D-kartasini shakllantirishga kirishmoqda.
Zamonaviy avtopilot tarkibiga kameralar, turli datchiklar va lidarlar kiritilgan. Bunday mashinalar navigatsion tizimsiz ishlay olmaydi, samarali ishlashi uchun maksimal darajada aniq kartalar zarur bo‘ladi. Aynan ushbu vazifa ustida Dynamic Map Plan mutaxassislari ish yuritmoqdalar. Yangi korxona Mitsubishi Electric kompaniyasi, Zenrin kartografiya firmasi hamda Toyota, Nissan, Honda va Mazda kabi to‘qqizta avto ishlab-chiqaruvchilar tomonidan yaratilmoqda. Ma’lum qilinishicha, yo‘l infrastrukturasi haqida batafsil axborot jamlashi zarur bo‘lgan Mitsubishi Electric maxsus avtomobillar uchun uskunalar yetkazib berilishiga javobgardir.
Avvalo, 300 km. tezlikkacha harakatanishga mo‘ljallangan yaponiya magistrallari uchun yuqori qamrovli 3D-karta shakllantiriladi. Keyin Dynamic Map Planning boshqa yo‘llar bo‘yicha ma’lumotlar jamlashga kirishadi. Taxmin qilinishicha, batafsil ifodalangan 3D-karta mustaqil boshqariladigan transportni 2020-yilda Kun chiqar mamlakat poytaxti — Tokioda bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan sanada yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Manba: www.cnet.com