Viewi smartfoni uchun garnitura glaukoma kasalligini erta bosqichida aniqlash imkonini beradi
05.10.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Cambridge Consultants kompaniyasi mutaxassislari yaqinda ishlab chiqariladigan smartfonlar uy sharoitida glaukoma kasalligini aniqlashda samarali qurilma bo‘ladi deb va’da qilmoqdalar. Ular yaratiladigan Viewi garniturasi bir qarashda, bugungi kunda keng tarqalgan virtual reallik shlemini eslatadi. Viewi egalari ko‘zlaridagi o‘zgarishlarni bilish uchun klinikaga borib ovora bo‘lishlariga hojat bo‘lmaydi.
Faqatgina smartfonni garnituraga ulab, unga oldindan muvofiq mobil ilovasini o‘rnatish zarur xolos. U glaukoma kasalligi yuzaga kelayotganligini ma’lum qilishga qodir. Qurilma komplektiga masofadan boshqaruv pulti kiritilgan bo‘lib, undan yorug‘likka qaragan vaqtda foydalanish mumkin.
Ko‘z tashxisi uchun besh daqiqaga yaqin vaqt sarflanadi, natija darhol ma’lum bo‘ladi, unga muvofiq shifokor ko‘rigiga tashrif buyurish mumkin. Viewi arzon narxlarda taklif etiladi.
Manba: http://www.cambridgeconsultants.com/media/press-releases/visionary-technology