Qiziqarli fAKTlar
05.10.2016
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid tarixiy voqealar va qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilishda davom etamiz. Navbatdagi sahifamiz zamonaviy «Aqlli uylar»ga bag‘ishlanadi.

O‘z qo‘lingiz bilan «Aqlli uy» yarating
Insoniyatning «aqlli uy» haqidagi azaliy orzusi XXI asrga kelib, asta-sekin haqiqatga aylana boshladi, biroq bu iboraga atama, konsepsiya sifatida qaralsa, unda uning yechimi ommalashishiga hali uzoq ekanligi ma’lum bo‘ladi. Insonlarga bir uy doirasida qulaylik, xavfsizlik va energiya tejamkorligini taqdim etuvchi qurilmalar­ning tashkiliy tizimiga hozircha kamdan-kam insonlargina ega bo‘lmoqda. Biroq bekorchi xarajatlarga yo‘l qo‘ymay, haqiqiy tejamkorlikka intiluvchilar uchun aynan «aqlli uy» qo‘l keladi, xonadondagi texnologiklik yechimlar darajasini oshirishda kun sayin hayotimizga kirib kelayotgan «aqlli» gadjetlar yordam beradi.

fakt_5_10_2016

Xavfsizlik

Ko‘plab kamera, sensor displeylar va masofadan boshqaruv qurilmalariga ega video-kuzatuv tizimlari bilan hozirgi kunda hech kimni hayratga solib bo‘lmaydi.
Shu sababli dasturchilar yanada ilgari intilib ishlashda davom etmoqdalar. Bugungi kunda xususiy xonadonning xavfsizligini oshirishga oid yoki murakkab maishiy jarayonlarni oddiylashtiradigan ko‘plab turli usullar mavjud. Masalan, August nomli «aqlli» eshik qulfini smartfon orqali sinxronlashtirish mumkin: xonadon sohibi uy ostonasiga yaqinlashishi bilan eshikdagi gadjet mustaqil ravishda, eshikni ochib, xo‘jayinni kutib oladi — bu agar uy egasi qo‘lida yuk yoki bola ko‘tarib kelayotganini nazarda tutilsa, juda qulay imkoniyatdir.

Bundan tashqari, uy sohibi mehmonga taklif etishni xohlayotgan do‘stlari va yaqinlariga muddati ko‘rsatilgan taklifnomalar jo‘natishi mumkin. Bunda har bir tashrif buyuruvchi mehmonni kutib olish uchun eshik oldiga borib, uni ochib yurishiga to‘g‘ri kelmaydi — eshik tomon yugurib, ortiqcha ovora bo‘lmay, xotirjam, chalg‘imasdan o‘z ishlarini davom ettirishi mumkin.

fakt_5_10_2016_1

Yana, masalan, iPod pleyeri dizaynini ishlab chiqqan muallifga taalluqli bo‘lgan Nest Protect deb ataluvchi «aqlli» tutun datchiklarini olaylik. Qurilma tomonidan tutun paydo bo‘lib, chiqa boshlashi bilanoq smartfonga ulangan tutun datchigi uy sohibiga xabar jo‘natadi, bundan tashqari, agar xavotirli xabar yolg‘on bo‘lib chiqsa, bu haqda ham xabar bera oladi.

fakt_5_10_2016_2

Tejamkorlik

Maxsus gadjetlar uy sohibiga energiyani tejash imkonini beradi.
Bu kommunal to‘lovlar kamayishini ta’minlaydi. Ehtimol, bir oydagi tejamkorlik mablag‘i arzimas deb o‘ylarsiz, biroq yil mobay­nida olinsa, bu mablag‘ ahamiyatga molik ekanligini tan olasiz. Masalan, Nest nomli «aqlli» termostat: namlik, harorat, harakat, yoritish va boshqa ko‘plab datchiklar bilan jihozlangan. Ularning yordamida qurilma xonadonda sodir bo‘layotgan voqelikni zimdan «kuzatadi». Agar uyda hech kim bo‘lmasa, Nest barcha ishitish tizimlarini ishdan to‘xtatadi, uyga qaytishlari bilan yana barchasini qayta ishga soladi. Nest qurilmasiga uy ventilyatori, konditsioneri, ishitish nasosi, havoni namlatkich va boshqa zarur asboblarni ulash mumkin.

fakt_5_10_2016_3

Belkin WeMo Switch nomli «aqlli» rozetka — tejamkorlik qurilmalarining ancha oddiy variantidir.
Nest termostatidan farqli ravishda, ulardan sim tortishning hojati yo‘q: shunchaki gadjet oddiy uy rozetkasi Wi-Fi routerga ulanadi. Keyin esa WeMo Switch kerakli maishiy uy asbobi vilkasiga ulanadi va shunda yuksak texnologiyalar mo‘jizasi sodir bo‘ladi: smartfon­dagi ilova yordamida «aqlli» rozetkani olisdagi yoki juda olisdagi maskanlar bilan ulanishi mumkin. Bu uy bekasini dazmolni o‘chirmadimmikan degan xavotirdan butunlay ozod etadi!

fakt_5_10_2016_4

Кo‘pkamlik

Aqlli uy uchun gadjet yaratuvchilari qulaylikdan tashqari yanada ko‘rkamlik yaratish uchun harakat qilaveradilar.
Mazkur intilish mahsuli sifatida cho‘g‘lanma lampalarning yangi bosqichi — energiya tejovchi lampalar o‘rnini yanada tejamkor, biroq shu bilan birga, «aqlli» yoritish tizimlari almashadi. Hozircha, lampa qorong‘u tushganida mustaqil ishga tusha olmaydi, biroq qator hayratlanarli afzalliklarga ega.

fakt_5_10_2016_5

Masalan, LIFX lampasi nafaqat 25 yilgacha xizmat ko‘rsata oladi, balki smartfon yordamida boshqariladi. Oddiy yoqish-o‘chirish vazifasi bilangina cheklanmaydi: foydalanuvchi xohishiga ko‘ra yoritkich rangini inson ko‘zi ilg‘ay oladigan darajada o‘zgartirishi mumkin. Bugungi kunda xonada qizg‘ish, yashil va hatto sariq tusli nur taratadigan lampalar mavjud bo‘lib, ularning rang-tusini o‘zgartirishga sensorli ekrandagi maxsus belgini bosishning o‘zi kifoya qiladi. Shu bilan birga, yorug‘lik darajasini oshirish yoki kamaytirish imkoniyati ham mavjud. Shuningdek, lampochka taralayotgan musiqa ohangi asosida rangini o‘zgartirishi yoki lipillashi, qabul qilingan SMS-xabar haqida ma’lum qilishni ham «biladi».

fakt_5_10_2016_6

Natija qanday bo‘ladi?
Albatta, bu allaqachon bozorda taqdim etilgan «aqlli uy» uchun barcha gadjetlar emas, balki ulardan ayrimlaridir. Biroq bunday qurilmalarning bittasi ham oila hayotini ancha yoqimli va qulay yoki xavfsiz qilishga yordam beradi. Dasturchilarga ilhom baxsh etuvchi va dillarga quvonch bag‘ishlovchi g‘oyalar doirasi ham cheksiz. «Aqlli» gadjetlar uchun yagona standartlar hozircha mavjud emas. Shunday bo‘lsada, har holda turli qurilmalar to‘plami emas, balki cho‘ntagingizdagi smartfon ko‘rinishida markaziy boshqaruv pultiga ega yagona ekotizim bo‘lgani yaxshida. Bu imkoniyat yaqin vaqt orasida ommalashishi ehtimoldan holi emas!

Manba: http://iq.intel.ru/aqlli-дом-своими-рукaми/?_collection=iot-smart-connected-planet

fakt_5_10_2016_7

«Aqlli uy» tizimi nima?
Aqlli uy yoki smart home — bu shunchaki harakat datchigiga ulangan ikkita simdangina iborat qurilma emas, balki murakkab konsepsiya bo‘lib, turli qurilmalarni yagona bir butunga aylantiruvchi tizimdir. Uydagi xonalarni boshqarishga yordam beradigan elektron boshqaruv tizimining ikki toifasi mavjud: bittasi — bu binoni boshqarish tizimi, ya’ni isitish va konditsioner, elektrik hamda qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi, ventilyatsiya, xabar berish, telekommunikatsiya tizimlaridir. Mazkur uyda alohida o‘rnatilgan muhandislik tizimlari qanchalik bir-biridan uzoq joylashgan bo‘lsa, ulardan foydalanish shunchalik qiyin bo‘ladi. Ikkinchi toifali tizimlar — bu dala hovli — arxitektura va landshaft yoritkichlari, darvozalarni avtomatik ravishda ochish, video-kuzatuv kabi boshqaruv tizimlaridir.

«Aqlli uy» ko‘p ishlarga qodir: ko‘pincha oxirgi natija uy egalarining xohishlariga ko‘ra: yoritish yoki video-kuzatuv qurilmalari, kir yuvish yoki idish-tovoq yuvish mashinalarini va boshqalarning boshqaruvidan iborat bo‘ladi. Bunda intellektual tizimlarni avtomatlashtirish bilan kunu-tun ishlashi zarur bo‘lgan, ba’zan betob bo‘lib, ishga kelolmaydigan yoki ishga kechikadigan ko‘plab xodimlar o‘rnini almashtirish mumkin. Bu shuni angla­tadiki, uyda — tuvakdagi gullaringizga suv quyilgan, kir yuvilgan, ista­yotgan musiqangiz ohanggi yanrayotgan, uy-joyingiz saranjom-sarishtaligi demakdir.

«Aqlli uy» tarixi
Odamlar «aqlli uy» yaratish haqida o‘tgan asrlarda o‘ylay bosh­laganlar. O‘shanda amerikaliklar uy-joyni yanada qulaylashtirmoqchi bo‘lganlar. Zamonaviy bir necha axborot uzatuvchi tizimlar prototipi hisoblangan bunday tizimlar tezda ishdan chiqqan. Tax­minan o‘z uylarini avtomatlashtirishga urinishlar o‘tgan asrning 70-yillarida paydo bo‘lib, «Smart Home» atamasiga ega bo‘lgan, mazkur loyiha rivojiga katta mablag‘ sarflangan va ular katta foyda keltirgan deb hisoblaganlar.

Zamonaviy «aqlli uy»larning tug‘ilgan vaqti 1978-yil deb hisob­lanadi, o‘sha davrdayoq turli datchik va tizimlari, elektr simlari orqali uyni boshqarishga intilish boshlangan. Biroq uzoq vaqt mobaynida, qarsak chalish asosida chiroqni yoqish yoki mustaqil ravishda, eshikni ochish kabilar odamlarni hayratga solgan. Bunday tizimlar 60 GTs chastota va 110V quvvat asosida ishlaydi, shu sababli ularning keng ommalashishi sodir bo‘lmayapti.

Bunday texnologiyalar rivojlanish jarayoni tezlashishi uchun dasturchilar Elektron Sanoat Alyansini tashkil etdilar. 1992-yilda «aqlli uylar»ga mo‘ljallab, har qanday kompaniya tomonidan mahsulot ishlab-chiqarish va ularning zamonaviy ilg‘or texnik talablarga javob berishi uchun elektron tizimlarning birinchi standartini yaratishga intildilar. Zamonaviy tizimlar ishlab-chiqarishda jami 15ta kompaniya ishtirok etdi. 2000-yil o‘rtalarida butun dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq avtomatlashtirilgan «aqlli uy» tizimi yaratildi. Borgan sari uylar yanada ishonchli va funksionallashmoqda. Ehtimol, 2012-yilda, Londonda Olimpiada o‘yinlariga mo‘ljallab, Clipsal kompaniyasi tomonidan avtomatlashtirilgan C-Bus tizimlari yaratilganligini ko‘pchilik bilmasa kerak.

«Aqlli uy» nimalar qilishni «biladi»?
Eng sodda vazifasi — yoritish tizimlarini nazorat qilishdir. Boshqaruv tizimi yordamida xonadonda yoritish tizimlarini nazorat qilish va boshqarish mumkin, ya’ni yotoqxona yoki ish ka­binetidan chiqmay turib, uyning qolgan xonalaridagi yoritish ti­zimlarini o‘chirish va faqat yo‘lakdagi chiroqni xira nurli holda qoldirishni nazorat qilish mumkin. Hatto juda uzoq masofadan turib, yoritish tizimlarini osonlikcha nazorat qilish mumkin. Aqlli uy xonadon sohibining go‘yo uyda mavjudligini ta’minlashi ham mumkin. O‘rnatilgan dastur asosida uy turli xonalar chiroqlarini o‘chirib-yoqadi, qorong‘u tushishi bilan o‘chirib qo‘yadi. Agar atrofdan kuzatilsa, uyda odamlar mavjudligiga to‘liq ishonch hosil qilish mumkin.

Yoritish tizimlarini nazorat qilishdan tashqari, bunday uy xonadondagi «iqlim muhiti» ko‘rsatkichlarini: namlik, harorat, muntazam shamollatib turish kabi vazifalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Tizimlar barcha isitiladigan pol, radiatorlar va boshqa asboblarni boshqara oladi, tunda haroratni biroz pasaytirib, xonadon sohibiga qulaylik yaratadi. Iqlim nazorati tizimlari bilan xonadon sohibi shamol kuchi, yog‘ingarchilik, harorat haqida ma’lumot olishi mumkin. Ti­zimlari avtomatik ravishda, kun isishiga ko‘ra, konditsionerni ishga solishi, pardalar (jalyuza)larni tushirishi, agar yomg‘ir boshlansa, derazalarni yopib qo‘yishi mumkin.

Uylar boshqaruv tizimlari uchun o‘ziga xos ssenariy ham tuzib berish mumkin. Qish faslida avtomatik ravishda, tomlarni quritish va transport turadigan yo‘llarni qor va muzdan tozalashi mumkin. Xonadon sohibi uyga qaytishi vaqtida suzish xovuzini to‘ldirib qo‘yishi yoki hammom(sauna)ni isitishi, xonalarni shamollatishi va konditsionerni ishga solishi mumkin. Hatto xonaki o‘simliklarni «to‘g‘ri» parvarishlashi, suv quyishi — tizimga kiritilgan datchiklar evaziga xonalarning yoritish tizimlarini, harorat va namlikni nazorat qilishi mumkin. Shuningdek, uy-joyning xavfsizligini ta’minlab, hattoki, akvariumdagi baliqlarga o‘z vaqtida yemish berib, yoritish tizi­mini yoqib, kislorod bilan ta’minlash vazifalarini amalga oshiradi.

Aqlli uylardagi qo‘riqlash va kuzatish tizimlari monitoringgi ham juda muhim. U agar xonadon hududiga begona kirganda va yong‘in xavfi yuzaga kelganidayoq uy sohibining telefoni hamda qo‘riqlash tuzilmasi pultiga xabar yuboradi. Olovli tutun yoki suv oqimini sezgan tizim uy sohibiga ovozli xabar jo‘natadi. Uy sohibi qaytayotganligi haqida xabardorlik signalini olgan tizimlar yoritish qurilmalari, konditsioner, maishiy asboblarni ishga tushiradi. Agar uyga bolalar tashrif buyurgan bo‘lsa, kompyuter ota-onalardan audio yoki video-xabarni olib, namoyish etishi mumkin. Uy mustaqil holda avariyaviy holatdan ta’sirlanishi mumkin: suv trubalarini yopishi, yohg‘in xavfida elektr energiyasini o‘chirib qo‘yishi, bolalardan ehtiyotkorlik sifatida xavfli elektr asboblarni uzib qo‘yishi mumkin.

«Aqlli uy»ni boshqarish
Boshqaruv tizimlarini avtomatlashtirishning bir necha usuli mavjud. Eng oson usuli — bu tugmali panel yordamida amalga oshiriladi, undagi har bir klavish ma’lum bir asboblarga muvofiq yoki bajarish zarur bo‘lgan harakat ketma-ketligini anglatadi. Bunday panel kichik tizimlar holati haqida axborot kiritiladigan displey bilan jihozlangan bo‘ladi. Monitoringdagi eng qulay va oson boshqaruv tizimi — bu sensorli ekrandan iborat. Bu o‘ziga xos pult bo‘lib, buyruq, izohli tasvirlarga ega tugmalardan iborat tasvirli monitordir. Mazkur monitorga videokameralardan tasvir uzatiladi. Aqlli uyni «jahon o‘rgimchak to‘ri» orqali boshqarish juda qulay. Uy sohibi istalgan vaqtda uy-joyining holati, derazasi ortidagi ob-havo haroratidan, xonadonidagi odamlar haqida xabardor bo‘ishi mumkin.

Manba: http://best-stroy.ru/articles/chto-takoe-sistema-umniy-dom_2251

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq