NASA iTech: koinotni o‘zlashtirish bo‘yicha istiqbolli g‘oyalarni izlamoqda
05.10.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

nasa_5_10_2016

AQSH Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) tomonidan iTech loyihasi doirasida Quyosh tizimini o‘rganish va yangi dasturlarni tashkil etish, jumladan, Marsni o‘r­ganish bo‘yicha maqsad-vazifalarni amalga oshirishga yordam beradigan istiqbolli g‘oyalarni izlash ishlari boshlandi.

nasa_5_10_2016_1

Amerikadagi idoralar, turli hukumat tashkilotlari, ilmiy jami­yatlar, aerokosmik soha ishtirokchilari va ommaviy sektor uchun koinotni o‘zlashtirishni tezlashtirish texnologiyalari bayon etilgan ma’ruzalar tayyorlash vazifasini berdi. NASA mazkur ishni amalga oshirishda ajratib ko‘rsatilgan beshta tayanch yo‘nalishni taklif etdi. Bu koinotda radiatsiyadan himoyalanish, ekipaj hayot-faoliyati ta’minoti tizimlari, kosmonavtlar salomatligini qo‘llab-quvvatlash, koinotda harakatlanishni ta’minlash tizimlari va yuqo­ri darajada issiqxona (parnik) gazlari konsenratsiyasini o‘lchash vositalari kabilardan iborat.

AQSH Kosmik idorasidan ta’kidlashlaricha, hozirgi vaqtda mazkur vazifalarning yechimiga yo‘naltirilgan ko‘plab dasturlar amalga oshirilmoqda. Bu dasturlar yangi tashabbusga nostandart yondashuvlar topishga imkon beradi. Ehtimol, istiqbolli g‘oya­lar kelajakda haqiqiy kosmik loyihalarga aylanar. Ma’ruzalar­ning baholanishi uchun tashkil etilgan ekspertlar jamoasi mavjud bo‘lib, eng yaxshi ishlarning mualliflari esa o‘z g‘oyalarining soha ishtirokchilari tomonidan amaliy bajarilishiga muyassar bo‘ladilar.

Manba: www.nasa.gov

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq