LuDela dunyoda birinchi aqlli shamchiroqni ishlab chiqarmoqda
05.10.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Oddiy qurilmalarni protsessor bilan ta’minlab, tarmoqqa ulash orqali aqlli qurilmaga aylantirish jarayonlari jadal rivojlanmoqda. LuDela kompaniyasi dunyoda birinchi aqlli shamchiroq ishlab chiqarishini e’lon qildi. Yangilik aslida, ochiq olovli yorug‘lik manbaidan iborat, biroq u aqlli shamchiroqdir.
Wi-Fire texnologiyasi yoritkich-shamchiroqning simsiz tarmoq orqali, nafaqat uni yondirish va o‘chirish, balki shuningdek, olov yorug‘ligini (fitilning uzunligi hisobiga) boshqarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, yoritkich-shamchiroqlar guruhini boshqarish imkoniyati ham mavjud. Mobil ilova yoritkich-shamchiroqdan yonishi va akkumulyatorining quvvati (zaryadi) qancha qolganligi haqida axborot oladi. Yoritkich-shamchiroq jadval va taymer bo‘yicha yoqilishi hamda o‘chirilishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, LuDela parafinni to‘liq sarflaydi, u qo‘lda yondirish va o‘chirish zarur bo‘ladigan oddiy shamga nisbatan tejamkor, xavfsiz va qulay yoritkich (shamchiroq) bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, to‘liq jonli olov hissi saqlanib qoladi. Yoritkich-shamchiroqning manzarali shamni ifodalovchi tashqi qiyofasi o‘zgaruvchan bo‘lib hisoblanadi. Foydalanuvchi uning rang-tusini o‘zi tanlashi mumkin.
Manba: www.udela.com