Kombinat faoliyatida AKT imkoniyatlaridan foydalanish
05.10.2016
Rukn: Internet.
Muallif: Rixsiboy Erkinov, Ulug‘bek Ro‘ziyev.

komb_5_10_2016

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yil 3-apreldagi «Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘­ri­sida»gi PQ-2158 sonli Qarorining 4-bandiga muvofiq «UzKTJM»AJda 2015–2020 yillarda dasturiy mahsulotlar va axborot-kommu­nikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida Dastur ish­lab chiqildi.

Ushbu Dasturda quyidagi tadbirlar ko‘z­da tutilgan, jumladan:

  • axborot tizimlarini tatbiq qilish, «Ishlab chiqarish nazoratini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimi» va «Buxgalteriya hisobi, moliyaviy aylanmalar, kadrlarni boshqarish va boshqaruv nazorati tizi­midan foydalanish axborot tizimi»;
  • axborot xavfsizligini ta’minlash, DLP va IPS funksiyalari bilan apparat-dasturiy vositalarni qo‘lga kiritish, litsenziyali antivirus dasturiy ta’minotini qo‘lga ki­ritish.
  • elektron arxiv yaratish, barcha qog‘oz hujjatlarni qamrab olgan holda arxivdan foydalanish iyerarxiyasi bilan (tizim­ning test versiyasi yaratilgan);
  • «UzKTJM» AJ da barcha mutaxassislar o‘rtasida, shu jumladan, AKT byurosi mutaxassislari ham AKT bo‘yicha o‘qish va malakalarini oshirish;

Kombinatda 2014-yil 5-maydagi 178/LS sonli buyruq bilan interaktiv davlat xizmatlari­ning o‘z vaqtida va sifatli ta’mi­noti uchun mas’ul shaxslar tayinlangan: yagona inter­aktiv davlat xizmatlarida vakansiyalar, fuqarolar murojaati, rahbariyat qabuliga ro‘y­xatdan o‘tish.

komb_5_10_2016_1

Axborot-kommunikatsiya texnologiya­lari sohasida o‘qishlar tashkil qilish jadvali ishlab chiqilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari bilan «UzKTJM» AJ xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. 2014-yil 03.02.da 43L/S-sonli, 2014-yil 27.02.da 84L/S-sonli, 288L/S-sonli 01.08.da 288L/S-sonli buy­ruqlar bilan 25 nafar mutaxassis axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha TATUga o‘qishga yuborildi. 2015-yil 10.02. da 52L/S-sonli buyruq bilan 12 nafar mutaxassis axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha TDMUga o‘qishga yuborildi. 2014-yil fev­ral oyida «UzKTJM»AJ xodimlari AKT bo‘yicha(KSBT va KSBT Plus) mavjud bi­limlari testdan o‘tkazildi. Qo‘shimcha attestatsiya 2015-yilning avgust oyida o‘tkazildi. Attestatsiyadan o‘tgan xodimlar soni: KSBT bo‘yicha — 42 nafar, KSBT Plus — bo‘yicha 2 nafarni tashkil etdi.

2015-yilda AKT byurosi mutaxassislari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga va malaka oshirishga yuborilgan:

  • axborot xavfsizligi (NOU «BePRO — Edu­cationCentr» bilan shartnoma imzolangan);
  • lokal tarmoqlarni ma’muriylashtirish;
  • ma’lumotlar bazasini yaratish va ma’mu­riylashtirish, dasturlash.

2015-yil 15.05.da AKT byurosining axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi NOU «BePRO — EducationCentr»da «Microsoft tarmog‘ida axborot xavfsizligi» kursi bo‘yi­cha o‘qib keldi.

Shu bilan bir qatorda, Jamiyatda axborot xavfsizligi xodimlarining malaka­sini oshirish maqsadida UZINFOCOM hamkorligida joriy yilning dekabr oylariga o‘quv kurslari rejalashtirilgan. Jamiyatda axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan 2016-yil uchun chora-tadbirlar rejasi tuzildi. Bu chora-tadbirlar asosida ish jarayonlari olib borilmoqda va shu tariqa, Jamiyatda axborot xavfsizligi ta’minlan­moqda.

2015-yil yakuniga ko‘ra Jamiyat AKT sohasini rivojlantirish uchun 275,0 mln. so‘m sarflangan. Joriy yilda AKT sohasini rivojlantirish maqsadida 323,0 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yil 3-apreldagi PQ-2158 sonli Qaroriga muvofiq quyidagi loyihalar kiritildi va 145,0 mln. mablag‘ evaziga amalga oshirilgan.

  1. «Marketing va savdolar boshqaruvi axborot tizimi»
  2. «Omborxona hisobining avtomatlashtirish axborot tizimi»

Axborotlashtirish tizimi tatbiq qilingandan so‘ng quyidagi natijalarga erishil­di:

  • qog‘oz va qog‘ozli jarayonlardan foydalanish 90 foizga kamaytirildi;
  • o‘zaro ta’sir va ma’lumotlar almashinish­ning 80 foizga yaqin jarayoni tejaldi;
  • mehnat intizomi oshirildi;
  • 5 yil davomida ekspluatatsiya qilganda taxminan 127 mln. so‘mga yaqin iqtisodiy samara berdi;
  • tizimni tatbiq qilish taxminan bir yildan kam bo‘lgan vaqtda o‘zini oqladi.

Jamiyat tomonidan axborot-kommunikatsiya tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etishda tashkiliy masalalar bo‘yicha ko‘rilgan choralar. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yil 3-apreldagi PQ-2158-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyatning 2014–2015 yillarda Jamiyat tizimida ishlab chiqarish va ushbu buyruq bilan 2014–2015 yillarda Jamiyat tizi­mida ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini kompyuterlashtirish bo‘yicha kompleks axborot tizimi loyihasini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni kompaniya Bosh­qaruv Raisi birinchi o‘rinbosarining zimmasiga yuklatilgan. Qarorga muvofiq Jamiyatda ishlab chiqarish va xo‘jalik fao­liyatini avtomatlashtirishning kompleks axborot tizimini joriy qilish bo‘yicha loyiha­larni amalga oshirish uchun 145,0 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Bundan:

  • «Marketing va savdo boshqaruvi axborot tizimini joriy qilish» loyihasi amalga oshirildi.
  • «Omborxona va tayyor mahsulot hisobi avtomatlashtirilgan axborot tizimi» joriy etildi.
  • «Ishlab chiqarish nazoratini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimi» joriy etildi.

Mazkur Qaror doirasida Jamiyat tizi­mida kompleks axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya davlat qo‘mitasi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni ri­vojlantirish vazirligi) va Iqtisodiyot va­zirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari G‘. I. Ibragimov tomonidan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Pre­zidentining 2016-yil 1-avgustdagi «2016–2018 yillarda iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yana­da joriy etish va rivoj­lantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2569 son Qaroriga muvofiq «UzKTJM» AJda 2016–2018 yillarga ikkita loyiha rejalashtirilgan va bu loyihalarni amalga oshi­rish uchun 130,0 mln. so‘m pul ajratildi. Bu loyihalarni amalga oshirish maqsadida tarmoq grafiklari tuzildi va O‘z­bekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Jamiyatda ish jarayonini rivojlantirish maqsadida korxo­naga yangi kompyu­ter texnikalari xarid qi­lindi va Jamiyat hududidagi kompyuterlar­ning o‘zaro aloqasini ta’minlash ko‘zda tutilib, lokal tarmoq barpo etilgan. Tarmoqqa 54ta kompyuter ulangan. Jamiyatning chet-el korxonalari bilan sifatli aloqani ta’minlash maqsadida UZTELECOM korxonasi bilan shartnoma tuzilgan va shu aso­sida sifatli internet tarmog‘iga ulangan.

Muallif:
Rixsiboy Erkinov, axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘limi dasturchisi
Ulug‘bek Ro‘ziyev, bosh muhandis

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq