Kelgusi yil Amsterdam kanallarida pilotsiz suzuvchi transport vositalari harakatlanadi
05.10.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

kel_5_10_2016

Gap shundaki, 2020-yilda AQSH va Yevropa yo‘llarida dastlabki seriyali haydovchisiz avtomobillar paydo bo‘ladi, aslida, bu davrni kutish hamda amal qilishini baholashimiz zarur bo‘lsada, biz bu gaplarga ko‘nikib qolganmiz. Biroq Niderland dasturchilarida haydovchisiz boshqariladigan transport borasida o‘zlarining g‘oyalari paydo bo‘ldi. Kelasi yildayoq Amsterdamda boshqaruvchisiz qayiqlar harakatlana boshlaydi. Ma’lumki, poytaxtda XVII asrda qurilgan 100 km. kanallar mavjud.

kel_5_10_2016_1

Kelasi yildayoq Amsterdam Institute for Advanced Metropolitan Solutions instituti Massachusetts Institute of Technology va Delft University of Technology and Wageningen University and Research bilan hamkorlikda odamlarni va yukni kanaldan olib o‘tishga yordam beradigan boshqaruvchisiz suv transporti vositalaridan foydalanishni tajribada qo‘llashni rejalashtirganlar. Bularning barchasi 25 mln. yevro miqdorida moliyalashtirilgan besh yillik Roboat dasturi dorasida amalga oshiriladi. Aslida, loyiha­ning maqsadi ancha keng. Roboat — bu Amsterdamdagi shahar doirasida avtonom boshqaruvchisiz suzish vositalaridan foydala­nish imkoniyatlarini tadqiq etishga oid dasturdir, biroq u shu bilangina cheklanmaydi. Masalan, dastur doimiy to‘lqinlar mavjudligi muammosini boshgan kechiradigan Bostonda ham qo‘llaniladi. Tasvirlarda qayiq emas, balki boshqaruvchisiz suzuvchi platforma yoki plotlar aks ettirilgan, biroq bunday konstruksiyaning afzallik taraflari mavjud. Masalan, qisqa vaqt mobaynida ko‘plab shunday platformalardan ko‘prik qurish, keyin esa xuddi shunday tezlikda «buzish» ham mumkin.

Bulardan tashqari, platformalar: masalan, kanallardagi suvlar ifloslanishini, suv ostidagi yirik chiqindi-axlatlarni izlash maqsadida tekshirish va boshqa vazifalarni ham amalga oshira oladi.

Manba: www.ams-institute.org

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq