IDC yaqin besh yil mobaynida bozor uchun olib yuriladigan elektronika mahsulotlari ro‘yxatini tuzdi
05.10.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IDC analitiklari yaqin bir necha yil mobaynida bozor uchun olib yuriladigan elektronika mahsulotlari rivoji prognozini tu­zishga harakat qildilar. Bunday segmentlar uchun uzoq muddatli prognoz bu baxsli masala ekanligiga ko‘p marta ishonch hosil qilganmiz, biroq analitiklar buni amalga oshirishga harakat qil­dilar.

Shunday qilib, joriy yil natijalariga ko‘ra, IDC o‘tgan yil ko‘rsatkichlaridan 3,9% ortiq, 20,1 mln. aqlli soatlar sotilishini prognoz qilmoqda. Aqlli soatlarga ilovalar bilangina ishlaydigan qurilmalar bunga kirmaydi, balki aqlli olib yuriladigan qurilmalarga aqlli ko‘zoynaklar va boshqa 21,5 mln. birlikda sotiladigan yechimlar kiradi.

idc_5_10_2016

Olib yuriladigan elektronikaning faol va yanada sodda turli trekerlari 80,7 mln. birlikda sotiladi. Biroq 2020-yil natijalarining prognozi yanada qiziqarli. IDC ma’lumotiga ko‘ra, olib yuriladigan turli sodda qurilmalar 2020-yilda 147,8 mln. birlikda sotiladi, aqlli olib yuriladigan elektronikadan esa 76,6 mln. qurilma sotiladi, ya’ni ikkinchi segment o‘sishi yuqoriroq bo‘ladi. Umuman olganda, olib yuriladigan elektronika bozori 23,2 foizga o‘sadi. Oldi­mizda 2020-yil natijalarini kutish va IDC mutaxassislari qanchalik haq ekanliklariga amin bo‘lish qoldi xolos.

Manba: www.idc.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq