Gaz ta’minotini vaqtincha to‘xtatib turish yoki qayta tiklash uchun elektron ariza taqdim etish
05.10.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona portaldagi kommunal xizmatlar sohasi ro‘yxati yangi – “Gaz ta’minotini vaqtincha to‘xtatib turish yoki qayta tiklash uchun elektron ariza taqdim etish” xizmati bilan to‘ldirildi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasining barcha hududi bo‘ylab “Uztransgaz” AK tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladi.

gov_5_10_2016

Xizmatdan foydalanish uchun elektron ko‘rinishdagi arizani to‘ldirib, hech qanday to‘lov amalga oshirilmasdan jo‘natish lozim, chunki xizmat bepul amalga oshiriladi. Ariza ro‘yxatga olingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida tuman (shahar) tabiiy gaz ta’minoti muassasasi mutaxassisi arizada ko‘rsatilgan manzilga gaz ta’minotini to‘xtatib turish yoki qayta tiklashni amalga oshirish uchun tashrif buyuradi.

Foydalanuvchilar diqqatiga, “Uztransgaz” AK yangi xizmatidan foydalanish uchun tabiiy gaz ta’minotini qayta tiklash uchun tashrif buyurgan mutaxassisga arizachining foydalanilgan tabiiy gaz uchun qarzi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar (kvitansiya, cheklar va bosh.) bo‘lishi kerak.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq