DeepMind ishlab chiquvchilari sun’iy intellektni inson ovoziga taqlid qilishga o‘rgatdilar
05.10.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Google tomonidan 2014-yilda 400 mln. dollarga sotib olingan hamda sun’iy intellekt sohasida ixtisoslashgan DeepMind kompaniyasi mutaxassislari inson ovoziga taqlid qila oladiganWaveNet tizi­mini yaratdilar.

deep_5_10_2016

Ovozni boshqarishga asoslangan dasturlarda ikki yondashuv qa­bul qilingan. Birida ko‘plab tayyor inson nutqi namunalaridan foydalaniladi, biroq bunda ovozning manipulyatsiyasi va talaffuziga e’tibor berish qiyin bo‘ladi. Boshqasida ovozlar sintezlanadi. Ularni modifikatsiya qilish oson, biroq nutq o‘ziga xos xarakterli «mexanik» talaffuz xususiyatiga ham ega. Inson ovoziga taqlid qilish uchun kompyuterga zarur dasturlar kiritildi. Tizim nafaqat inson nutqi, balki fortepiano kabi musiqiy asboblarga ham taqlid qila oladi.

Manba: https://deepmind.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq