Adidas Futurecraft M.F.G krossovkasini 3D-texnologiyasidan foydalanib, robotlar tayyorlaydi
05.10.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

adidas_5_10_2016

Bir yil avval Adidas kompaniyasi qisman 3D-printerida bosib chiqarilgan mahsulot — Futurecraft 3D krossovkasi prototipi, robotlashgan Speedfactory ishlab chiqarish korxonasi rejasiga kiritilgan. Kompaniya rejalari asta hayotga joriy etilmoqda: ishlab chiqaruvchi loyihasi doirasida tayyorlangan dastlabki mahsulotini namoyish etdi. Krossovkalar Futurecraft M.F.G. (Made for Germany) deb ataldi.

Aslida, hozirgi vaqtda ham krossovkani yig‘ishda ularning mashinalarga yordami juda oz bo‘lsada, odamlar ishtirok etadi, ishlab chiqarishning katta hajmi esa robotlar zimmasiga yuklatilgan. Eslatib o‘tamiz, krossovkalar shakli harakat qamrovi texnologiyasi asosida ARAMIS kompaniyasi do‘konlarida amalga oshiriladigan individual o‘lchov olish asosida amalga oshadi, 3D-bosib chiqarish usulida tayyorlanadigan Futurecraft 3D prototipi bo‘lgan poyafzal buyurtmachi oyoqlariga aynan mos kelishi uchun uning tag qismi aniq hisobga oinadi. Futurecraft M.F.G. bahosi hozircha ma’lum emas, biroq u ommaviy mahsulotlar narxidan katta farqli bo‘lishi ehtimoldan holi emas, sababi jami faqatgina 500 juft poyafzal tayyorlash rejalashtirilgan.

Manba: www.engadget.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq