$290ga baholangan da Vinci Mini: 3D-printeri
05.10.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

3d_5_10_2016

XYZ Printing kompaniyasi 3D-printerlari turlari qatorida talabalar uchun maxsus ta’limiy segment hamda kichik biznesga mo‘ljallangan eng arzon mahsulotni namoyish etdi. Yangi mahsulotning bahosi $290 bo‘lib, bu ko‘pchilik uchun hamyonbopdir. Faqatgina bolalar uchun da Vinci Minimaker modeli undan arzonroqdir, biroq mazkur mahsulot imkoniyati ancha cheklangan.

3d_5_10_2016_1

Mazkur da Vinci Mini modelini ishlab chiqaruvchilar rasmiy saytida, shuningdek, Amazon, Overstock.com va Sam’s Club orqali sotib olish mumkin. Printer kub shaklida bo‘lib, qirrasi 15 sm.ni tashkil etadi. Uning komplektida XYZ Printingdan 3D-modellashtirilishi uchun dasturiy ta’minot taqdim etiladi.

Yangilik o‘z tarkibiga Wi-Fi simsiz aloqa modulini jamlagan. Printer alyuminiyli taler (3D-obyekt shakllanadigan gorizontal silliq yuza) avtomatik kalibrovkasi funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu foy­dalanuvchini qo‘lda sozlashdan xolos etadi. Ishlab chiqaruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, alyuminiy issiqlikni yaxshi tarqatadi, bu esa printerdan tayyor modelni olishda qo‘l kuymasligini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, 3D-bosib chiqarish uchun material uzatish avtomatik mexanizmi mavjud. Ayrim ta’limiy muassasalar XYZ Printing 3D-printerlari pedagoglar tomonidan tajribadan o‘tkazilib, jobiy baho olishga muyassar bo‘lgan.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq