Tabiiy gazning sizib chiqishini bartaraf etish va/yoki gaz uskunalarini ta’mirlash uchun ariza berish imkoniyati paydo bo‘ldi
29.09.2016
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yangi interaktiv xizmat yagona portal foydalanuvchilariga masofadan turib «Uztransgaz» AKning hududiy va tuman bo‘linmalariga tabiiy gazning sizib chiqishini bartaraf etish va/yoki gaz uskunalarini ta’mirlash uchun ariza berish imkoniyatini beradi.
Tabiiy gazning sizib chiqish holati yuzaga kelganda, tabiiy gaz ta’minoti muassasi mutaxassisi uni bartaraf etish so‘rovi tushgandan so‘ng, zudlik bilan tegishli ishlarni amalga oshirish uchun voqea joyiga tashrif buyuradi. Gaz uskunalarini ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun mutaxassisning tashrifi bir ish kunida amalga oshiriladi.
Gaz uskunalarini mutaxassis tomonidan ta’mirlanishi to‘lov asosida kelishilgan narxda yoki tasdiqlangan preyskurantga muvofiq amalga oshiriladi. O‘z navbatida, tabiiy gazning sizib chiqishini bartaraf etish esa mutaxassis tomonidan bepul amalga oshiriladi.
Yagona portal foydalanuvchilaridan elektron ariza jo‘natish vaqtida qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.