Ingliz tilini o‘rganish uchun Lang.uz portali ishga tushdi
29.09.2016
Rukn: Internet.
Muallif: Zumrad Shadjalilova.

lang_28_09_2016

Hindistonning dunyo bozorida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha erishgan yutuqlarini tahlil qilgan mutaxassislar ularning muvaffaqiyatga erishishlarining asosiy omili deb – ingliz tilini bilishlari degan xulosaga keldilar. Hozirgi davrda ingliz tilini bilmagan insonga juda qiyin, ayniqsa, talaba yoki biznesmenlar buni yaxshi biladilar. Tilni o‘rganish darkor! Bunda biz sizga yordam beramiz.

UZINFOCOM Markazi xorijiy tillarni interfaol tarzda o‘rganishga mo‘ljallangan (hozircha faqat ingliz tili) Lang.uz portalini ishga tushirgani haqida ma’lum qiladi. Bu kabi servis hozirgi kunga qadar Uznetda yagona hisoblanadi. Endilikda tilni o‘rganish juda oson va qiziqarlidir!

lang_28_09_2016_1

Materiallar murakkabligi bo‘yicha “Elementary” dan “Pre-Intermediate” gacha bo‘lgan tematik darslar ko‘rinishida taqdim qilingan. Har bir darsda yangi so‘zlar bilan tanishib chiqish, yangi so‘z va iboralarga biriktirilgan mashqlarni bajarish, dialogni tinglash, tegishli maydonlarni to‘ldirish, videoni ko‘rish va matnni yozish kerak. Barcha darslarni bajarib bo‘lganingizdan so‘ng, Siz nafaqat to‘g‘ri yozish, balki gapirishni o‘rganib olasiz. Servisni ishga tushirish uchun 72 dars tayyorlangan, ular soni doimiy oshib boradi.

Lang.uz ning afzalliklari:

  • Tas-IX tarmog‘ida joylashgani.
  • Interfaol mashg‘ulotlar.
  • Interfeys o‘zbek (kiril va lotin alifbolarida) va rus tillarida.
  • Ro‘yxatdan o‘tish yagona identifikatsiya tizimi ID.UZ orqali amalga oshiriladi.
  • Darslardan o‘tish bosqichlari.
  • Yangi so‘z va iboralarni o‘rganish.
  • Tarjimani qiyoslash.

Yangi mavzularni o‘rganish davomida foydalanuvchi, to‘g‘ri bajargan mashqlari uchun ballar oladi. Ushba ballar asosida yetakchilar ro‘yxati shakllantiriladi.

Har bir foydalanuvchining o‘zining sahifasi mavjud bo‘lib, u yerda foydalanuvchi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, to‘plagan ballar miqdorini va o‘tilgan darslar ro‘yxatini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Moslashuvchan verstka foydalanuvchilarga servisdan mobil telefon yoki planshet orqali kirish va qiyinchiliksiz foydalanish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda, sizning so‘z va iboralarni talaffuz qilishingizni ham tekshirishda qulay hisoblanadi.

OTM va ingliz tili o‘qituvchilarini hamkorlikka chaqiramiz. O‘z kursingiz va darslaringizni tuzishingiz mumkin, darslarimiz funksional aynan shunga mo‘ljallangandir, bizga qo‘shiling.

Bundan tashqari, portal so‘zlar, iboralar lug‘atini ham o‘zida mujassamlashtirgan. Bu foydalanuvchiga so‘zlarning tarjimalarini o‘rganish va talaffuzini tinglash imkonini beradi.

Muallif: Zumrad Shadjalilova

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq