MILLIY INTERNET TANLOVIGA ARIZALAR TOPShIRISh MUDDATI O‘ZGARDI
27.09.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

mit_27_09_2016

“MIT.uz” — Milliy Internet tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda tanlovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi.

To‘rtinchi marta o‘tkazilayotgan tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan veb-dasturchi, dizayner, robototexnik, jurnalist hamda blogerlar qatnashishi mumkin. Tanlovga faoliyat ko‘rsatayotgan yoki 2016-yil 1-sentabrgacha internet tarmog‘iga joylashtirilishi rejalashtirilgan saytlar taqdim etiladi. Bir ishtirokchi tomonidan tanlovga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan saytlar miqdori cheklanmagan.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Asosiy nominatsiyalar:

O‘zbekistonning boy madaniyati va san’ati, tarixi hamda istiqlol g‘oyalari va ma’naviy qadriyatlarini yorituvchi eng yaxshi sayt;
Mahalla, qishloq va shaharlardagi farovon hayotni yoritgan eng yaxshi sayt;
Davlat tilidagi eng yaxshi sayt;
Eng yaxshi yangiliklar sayti;
O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;
O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;
Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt;
Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt;
Yil mazmuniga doir eng yaxshi sayt;
Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt;
O‘zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt.

Qo‘shimcha nominatsiyalar:

Ikki tilda yaratilgan eng yaxshi sayt
Sport sohasida eng yaxshi sayt
Eng yaxshi shaxsiy blog
Eng yaxshi sayt dizayni
Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt
Mobil aloqa vositalari uchun mo‘ljallangan eng yaxshi dastur

Tanlovning nizomida qayd etilishicha, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi veb-sayt yaratuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) ishtirok etadi. Tanlov uch bosqichda (tanlov ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, g‘olib va sovrindorlarni saralash hamda taqdirlash) o‘tkaziladi. G‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimining kuni va joyi tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan belgilanadi va www.mit.uz saytida e’lon qilinadi.

Milliy Internet tanloviga arizalar 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Tanlov ishtirokchisi arizani topshirishdan oldin tanlov nizomi bilan to‘liq tanishib chiqishi va unda ko‘rsatilgan talablar hamda qoidalar asosida arizani to‘ldirilishi lozim. Ishtirokchilar arizani tanlovning www.mit.uz rasmiy veb-sahifasi va  @MITUZBOT telegram boti orqali to‘ldirishi yoki mituz2016@kmail.uz elektron pochtasiga yuborishi mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq