“iStudent” dasturi
26.09.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbek dasturchisi Zaynutdinov Ismoil «iStudent” dasturini ishlab chiqdi. Ushbu mobil ilova talabalarga dars jadvalini smartfon va planshetlar orqali elektron tarzda ko‘rishga imkon berish bilan, ularning vaqtini tejaydi va qog‘oz sarfini kamaytiradi.

«iStudent” dasturi ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan. Dastur oliy o‘quv yurtining barcha e’lon, reklama va shunga o‘xshash boshqa yangiliklardan xabardor qilishni, oliy o‘quv yurtida bo‘lib o‘tgan bayramlar, konferentsiyalar va shunga o‘xshash tadbirlarni video va foto lavhalarini ko‘rishni, fanlarning ma’ruza matnlari, kerakli va qiziqarli kitoblar va shunga o‘xshash ma’lumotlarning elektron yuklab olish va foydalanishni o‘z ichiga oladi.

Muallifga ushbu dastur uchun № DGU 03846 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq