Xalqaro elektraloqa ittifoqining AKT innovatsion texnologiyalari bo‘yicha seminari
23.09.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

itu_23_09_2016

2016 yil 21-22 sentyabr kunlari Toshkent Xalqaro biznes markazida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi birgalikda “AKT sohasida innovatsion texnologiyalar” mavzusida seminar o‘tkazdi. Tadbir mamlakatimizda tashkil etilgan AKT haftaligining AKT Forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan “Elektron hukumat” Markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, XEI standartlashtirish bo‘yicha sektorining TK-16 Tadqiqotlar komissiyasi raisi o‘rinbosari Xusan Isayev ochib berdi. Tadbirda asosiy ma’ruza bilan XEI Standartlashtirishni Rivojlantirish Byurosi direktori doktor Chxe Sub Li ishtirok etdi.

Tadbirda XEI a’zolari bo‘lgan davlatlar, Sektor a’zolari, Assotsiyalashgan a’zolar va Akademik tashkilotlar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirning asosiy vazifalari quyidagicha yo‘naltirildi:

  • MDH davlatlari uchun qiziqish uyg‘otgan innovatsiya va texnologiyalarning tendensiyalari muhokamasi;
  • AKT sohasida innovatsion texnologiyalarini joriy etilishida ilg‘or tajribalar;
  • MDH hududida AKT sohasida innovatsion texnologiyalarini joriy etishdagi ilg‘or tajriba va yuzaga kelgan savollarni muhokama qilish uchun standartlashtirishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, yetkazib beruvchilar, tartibga soluvchi tashkilotlar, operatorlar va iste’molchilar orasida muloqot muhitini yaratish;
  • AKT sohasida innovatsion texnologiyalardan foydalanishda MDH hududlarida raqamli uzilishlarni qisqartirish uchun navbatdagi qadamlarni aniqlashtirish.

Seminar to‘rt sessiyaga bo‘lindi:

  1. 4G va 5G/IMT-2020 texnologiyalari;
  2. IoT ishlanmalari, standartlashtirishdan to joriy etishgacha masalalar;
  3. Internet protokoli asosida operatorlararo tarmoqlarni bog‘lash va Internetni o‘lchash;
  4. Muvofiqlik va moslanuvchanlik uchun sinovdan o‘tkazish.

Har bir sessiyada ma’ruzachilar innovatsion texnologiyalarni kengaytirish bo‘yicha tushuntirish va yechimlari o‘z maruzalarida keltirib o‘tishdi. Har bir ma’ruza tadbir ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi va savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib, kerakli javob va yechimlar olindi. Seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq