Koreya Respublikasi Elchisi IUTga tashrif buyurdi
19.09.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2016-yil 15-sentabr kuni Koreya Respublikasining Favqulodda va muxtor Elchisi Kvon Yon U Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdi.

inha_18_09_2016

Toshkent shahridagi Inha universitetining Rektori Sherzod Shermatov mehmonga ushbu tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi va oliy ta’lim muassasasining faoliyati, talabalar va o‘qituvchi-professorlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, IUTning loyihalari va tashabbuslari haqida gapirib berdi.

Elchi Kvon Yon U Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatiga yuqori baho berdi va oliy ta’lim muassasasi to‘g‘risida ko‘p iliq fikrlar eshitganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, universitet jahon stadartlariga javob beradigan sifatli ta’lim bermoqda. Koreya Respublikasi Elchisining ta’kidlashicha, Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning timsolidir.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Toshkent shahridagi Inha universitetining faoliyatini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasasining infratuzilmasini yaxshilash  maqsadida Janubiy Koreya kompaniyalarining texnologiyalari hamda moliyaviy resurslarini jalb etish masalalarini muhokama qildilar.

Elchi Kvon Yon U Koreya Respublikasining elchixonasi Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha ishni amalga oshirishini aytdi.

Elchi Kvon Yon U Toshkent shahridagi Inha universitetining Faxriy mehmonlar kitobida o‘zining tilaklarini yozib qoldirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq