ICTWEEK Uzbekistan 2016ning boshlanishiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi
19.09.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

iсt_19_09_2016

Bugun poytaxtda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi – ICTWEEK Uzbekistan 2016ning boshlanishiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.

AKT Haftaligi o‘tkazilishining asosiy maqsadi, sohada erishilgan amaliy natijalar, uning imkoniyatlari va ustunliklari, shuningdek soha rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini yana bir muhokama qilishdir. Haftalikning bu yilgi tadbirlari turkumida “Elektron hukumat” tizimini ravojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.

ICTSUMMIT 2016

ICTWEEK Uzbekistan 2016 Haftaligi 20 sentyabr kuni Xalqaro Biznes markazida bo‘lib o‘tadigan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Sammiti — ICT SUMMIT 2016 bilan boshlanadi. Tadbir yalpi yig‘ilishlar ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Sammit joriy yilda mamlakatimizda IT-sohasida erishilgan natijalar hamda soha mutahassislari oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlanadi. AKT Sammitida davlat boshqaruvi organlari vakillari, axborot texnologiyalari va aloqa yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar va korxonalar rahbarlari, shuningdek mahalliy hamkorlar bilan yaqin munosabatlar o‘rnatish istagida bo‘lgan xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, xalqaro IT-kompaniyalari vakillari ishtirok etadilar.

ICTFORUM 2016

ICTFORUM 2016 Haftalikning yana bir yorqin tadbirlaridan biriga aylanishi kutilmokda. Tadbir milliy va xalqaro internet mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida erishilgan natijalar va yutuqlarning keng muhokamasiga bag‘ishlanadi. 21–22 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Forum bloklar ko‘rinishidagi anjumanlar, bo‘limlar ko‘rinishidagi yig‘ilishlar hamda mahorat saboqlari va muhokamalardan tarkib topadi. Forum ishi ham Sammit singari Xalqaro Biznes markazida bo‘lib o‘tadi.

Forumning ishida eGovernment Uzbekistan va Raqamli iqtisodiyot, hamda «Axborot xavfsizligi», “Internet-forum” va “Startap anjumani” kabi turkum tadbirlardan iborat bo‘ladi. Internet Forum dasturi doirasida AKT sohasiga yanada ko‘proq qiziqish uyg‘otish maqsadida turli xil interaktiv tadbirlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

ICTEXPO 2016

ICTWEEK Uzbekistan 2016 tadbirlari orasida har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Ko‘rgazmasi muhim rol o‘ynaydigan tadbirlardan biridir. Ko‘rgazma bu yili tarmoq ko‘rinishida ikkita shaharda, ya’ni Toshkentdagi «O‘zko‘rgazmasavdo» hududida 21-23 sentyabr kunlari, Namanganda esa “Pahlavon” sport majmuasi hududida 21-22 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda ja’mi 150ta kompaniya-eksponent o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etishlari kutilmoqda.

ICTEXPO 2016 Ko‘rgazmasiga 35 mingdan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. ICTEXPO 2016 Ko‘rgazmasini o‘tkazishdan asosiy maqsad AKT sohasida erishilgan yutuqlarni yana bir bor namoyish etishdir. Ushbu tadbir raqobatbardosh hamjamiyatni va milliy bozor sub’ektlarini rivojlantirish borasida soha mutahassislari uchun tajriba almashinish maydonchasidir.

Ko‘rgazma ishi bir necha yo‘nalishlarda davom etadi. Ular mobil aloqa, internet, tizimli integratsiya, dasturiy ta’minot, elektron hukumat va elektron savdo-sotiq yo‘nalishlaridan iboratdir.

ICTWEEK Uzbekistan 2016 Haftaligi tadbirlariga oid dasturni www.ictweek.uz rasmiy sayti orqali kuzatib borishingiz mumkin.

ICTWEEK Uzbekistan 2016 Haftaligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy ko‘magi bilan o‘tkaziladi. Tadbir tashkilotchilari Axborot texnologiyalari tashkilotlari va korxonalari assotsiatsiyasi va ICTNEWS Conferences.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq