Huawei kompaniyasi Markaziy Osiyoda o‘zining birinchi axborot va tarmoq texnologiyalari akademiyasini ishga tushiradi (HAINA loyihasi)
17.09.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

huawei_17_09_2016

Huawei kompaniyasi ICTWEEK 2016 axborot va kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida HAINA yangi ilmiy-ta’lim loyihasi – Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari muvofiqlashtirilgan akademiyasini ishga tushirishini ma’lum qildi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida faoliyat yuritadigan loyiha kelgusida O‘zbekistonning IKT va telekommunikatsiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun negiz vazifasini bajarishi nazarda tutilgan. Loyiha Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ishga tushariladi va shunisi bilan noyob hisoblanadiki, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot va kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasida kadrlarni sertifikatsiyalashning ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etiladi.

Akademiya IKT sanoati va ushbu yo‘nalishda ishlash va rivojlanishni istagan yoshlar, umidli mutaxasislar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashi kerak. Loyiha quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan: a) mamlakatning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish; b) IKT sohasida iqtidorli mutaxassislarni hamkorlikda rivojlantirish; v) IKT sanoatini ilgari surish;  g) iqtidorli va iste‘dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.

Shu munosabat bilan, Huawei kompaniyasi tomonidan 20 nafar tinglovchini o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan o‘qitishning o‘ta yangi texnologiyalari bilan jihozlangan maxsus  Smart-laboratoriya barpo etildi. Barcha serverlar va noyob dasturiy ta’minot Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan shu yil 17 mayda imzolangan memorandum doirasida taqdim etildi.

huawei_17_09_2016_1

— Ushbu memorandumni imzolar ekanmiz, biz O‘zbekistonning 25 yilligi bayramiga akademiyani tayyorlash va uni universitet boshqaruviga berishni  maqsad qilgan edik. Biz o‘z va’damizning ustidan chiqqanimiz hamda ITK va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida interaktiv darslarni o‘tkazish uchun noyob “aqlli” sinfxonani yaratganimizdan faxrdaman. Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari avtorlashgan akademiyasi (HAINA) beg‘araz hamkorlik dasturi bo‘lib, u yosh mutaxassislar uchun Huawei sertifikatsiyalangan kurslarini tashkil etishda universitetlar va professional kollejlarni qo‘llab-quvvatlaydi, — dedi Huawei inng O‘zbekistondagi bosh direktori janob Van Pen.

HAINA dasturini tugatgan professionallarga  IKT sohasida kelgusidagi faoliyatini davom ettirish va rivojlantirish uchun Huawei sertifikatsiyasini o‘tishlari tavsiya etiladi. HAINA dasturi o‘z ichiga quyidagi sertifikatsiya turlarini olgan: HCNA/P-R&S, HCNA/P-WLAN, HCNA/P-Security, HCNA/P-saqlov va HCNA/P-Cloud Computing.

Ushbu loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy kurslar tashkil etiladi:

1) kichik va o‘rta hajmdagi tarmoqlarni yaratish va boshqarishga qaratilgan IP-tarmoqlari bo‘yicha o‘quv kursi;

2) tarmoq xavfsizligi bo‘yicha o‘quv kursi xavfsiz infratuzilmani yaratishga qaratilgan bo‘lib, xavfsizlik tizimlari professionallari uchun mo‘ljallanadi.

3) IT-tarmoqlari bo‘yicha o‘quv kurslari IT-qurilmalar va Huawei uskunalaridan foydalangan holda tarmoqlarni mustaqil yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan;

4) CT-tarmoqlar bo‘yicha o‘quv kursi va o‘ta yangi IKT lar bo‘yicha onlayn-treninglar. Ularda Huawei kompaniyasi o‘ta yangi IKTlar bo‘yicha onlayn rejimida treningni taqdim etadi.

huawei_17_09_2016_2

Huawei kompaniyasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda shu yilning oxirida Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan 10 kunlik ixtisoslashtirilgan treninglardan o‘tish uchun yosh o‘qituvchilarni tanlab oldi. Mutaxassislar kurslar yakunlanganidan so‘ng Akademiyada mustaqil dars berishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ushbu loyiha o‘qituvchilarga o‘qitish uchun dasturiy ta’minot, mintaqaviy darajada trening markazlarini joriy etishni loyihalashtirish hamda loyiha bo‘yicha davlat tashkilotlari o‘rtasida  axborot almashish kabi yo‘nalishlarda treninglarni o‘tkazishni ham ko‘zda tutadi.

Huawei akademiyasining ochilishi 19 sentyabrda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq