Fizika o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va kasbiy kompetensiyalarini aniqlash dasturi
08.09.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti hodimi fizika o‘qituvchilarining axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va kasbiy kompetensiyalarini aniqlash dasturini yaratdi.
Ushbu dastur fizika o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha kompetensiyalarini hamda kasbiy kompetensiyalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Dastur fizika o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologayalarini qo‘llash va kasbiy faoliyatga oid kompetensiyalarini test sinovlarini bajarishi asosida aniqlaydi va natijalarni Excel va Word formatlarida shakllantirish uchun olingan ma’lumotlarni eksport qiladi.
Muallif — Ibraymov Askarga ushbu dastur uchun № DGU 03764 raqamli guvohnoma berildi.