ICTWEEK Uzbekistan 2016 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi yanada yirik formatda o‘tkaziladi
06.09.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

ict_6_09_2016_

19–23 sentabr kunlari ICTWEEK Uzbekistan 2016 axbort-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) Haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu yil ham Haftalik ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtirgan holda o‘tkaziladi.

AKT Haftaligi o‘tkazilishining asosiy maqsadi, sohada erishilgan amaliy natijalar, uning imkoniyatlari va ustunliklari, shuningdek, soha rivojlanishining asosiy  yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini yana bir bor muhokama qilishdir. Haftalikning bu yilgi tadbirlari turkumida “Elektron hukumat” tizimini ravojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Sammiti — ICTSUMMIT 2016

ICTWEEK Uzbekistan 2016 Haftaligini 20-sentabr kuni Xalqaro Biznes markazida bo‘lib o‘tadigan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Sammiti — ICT SUMMIT 2016 boshlab beradi. Tadbir plenar yig‘ilishlar ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Sammit joriy yilda mamlakatimiz IT-sohasida erishilgan natijalar hamda soha mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlanadi. AKT Sammitida davlat boshqaruv organlari vakillari, axborot texnologiyalari va aloqa yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar va korxonalar rahbarlari, shuningdek, mahalliy hamkorlar bilan yaqin munosabatlar o‘rnatish istagida bo‘lgan xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, xalqaro IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etadilar.

Informatsion texnologiyalar Ko‘rgazmasi — ICTEXPO 2016

ICTWEEK Uzbekistan 2016 tadbirlari orasida har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Ko‘rgazmasi muhim rol o‘ynaydigan tadbirlardan biridir. Ko‘rgazma bu yili 21- sentabrdan 23-sentabrga qadar ikkita shaharda, ya’ni Toshkentda (21-23 sentabr) va Namanganda (21-22 sentabrya) bo‘lib o‘tadi. Uning tarmoq ko‘rinishida o‘tkazilishiga viloyatlarda axborot texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanib borishi sabab bo‘ldi.

«O‘zko‘rgazmasavdo» hududida uch kun davomida bo‘lib o‘tadigan ICTEXPO 2016 Ko‘rgazmasiga 30 mingdan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. ICTEXPO 2016 Ko‘rgazmasi stendlarida axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorida taklif etilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi. Ko‘rgazmada yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi, ya’ni mobil aloqa, tizimli integratsiya, dasturiy ta’minot, aloqa xizmati va ma’lumot o‘tkazish mahalliy va xalqaro kompaniyalarning faol ishtiroki kutilmoqda.

ICT FORUM 2016

ICT FORUM 2016 Haftalikning yana bir yorqin tadbirlardan biriga aylanishi shubhasiz. Tadbir milliy va xalqaro internet mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida erishilgan natijalar va yutuqlarning keng muhokamasiga bag‘ishlanadi. 21–22 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Forum bloklar ko‘rinishidagi anjumanlar, bo‘limlar ko‘rinishidagi yig‘ilishlar hamda mahorat saboqlari va panelli muhokamalardan tarkib topadi. INTERNET FORUM 2016 ham ICT SUMMIT 2016 singari Xalqaro Biznes markazida bo‘lib o‘tadi.

Forumning ish faoliyatida eGovernment Uzbekistan va Raqamli iqtisodiyot hamda «Axborot xavfsizligi», “Internet-forum” va “Startap anjumani” kabi turkum tadbirlardan iborat bo‘ladi. Internet Forum dasturi doirasida AKT sohasiga yanada ko‘proq qiziqish uyg‘otish maqsadida turli xil interaktiv tadbirlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Haftalikning asosiy tadbirlari bilan bir vaqtda, qo‘shimcha qiziqarli tadbirlar ham bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Ular orasida BestSoft Challenge dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar tanlovi natijalari va taqdirlash marosimi, Elektraloqa xalqaro birlashmasining seminari, Cyber Security Challenge Uzbekistan axborot xavfsizligi sohasida o‘tkazilgan ilk tanlov natijalari va taqdirlash marosimi, shuningdek, butun mamlakat yoshlarining e’tiborini jalb qiluvchi Intellec2All Respublika IT-loyihalari tanlovi yakunlariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘rin olgan.

19-sentabr kuni esa Xalqaro Biznes markazida AKT Haftaligi ICTWEEK Uzbekistan 2016 oldidan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tadi.

ICTWEEK Uzbekistan 2016 Haftaligining tashkilotchilari – Axborot texnologiyalari tashkilotlari va korxonalari assotsiatsiyasi va ICTNEWS Conferences. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy ko‘magi bilan o‘tkaziladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotni hamda ro‘yxatga olish jarayoni haqidagi ma’lumotlarni ICTWEEK Uzbekistan 2016 rasmiy sayti– www.ictweek.uz orqali olishingiz mumkin.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq