O‘zbekiston Resbuplikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari turkumining chiqarilishi to‘g‘risida
04.09.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Resbuplikasi Mustaqilligining 25 yilligini nishonlash tadbiri doirasida maxsus pochta markalari turkumi “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Resbuplikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 31 avgustdan muomalaga kiritildi.

Ushbu pochta markalarida mustaqillik davrida qurilgan zamonaviy arxitektura bino va inshootlari, sanoat va mashinasozlik rivoji hamda iqtisod, soliqni saqlash, sport, ta’lim sektorlari tasvirlangan.

Turkum 8ta pochta markasidan iborat (markazida kuponi bilan), kichik varaq ko‘rinishida tayyorlangan.

Kuponda Mustaqillik monumenti oldidan joy olgan farzandini bag‘riga bosib turgan Baxtiyor ona siymosi tasviri tushirilgan bo‘lib, ingliz tilida “O‘zbekiston Resbuplikasi Mustaqilligining 25 yilligi” matni joylashgan.

Pochta markalari va kupon bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Pochta markalarining o‘lchami 42x30mm, kichik varaqning o‘lchami 180x150mm. Adadi 8000 nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

mark_4_09_2016

1162. «Bunyodkor» stadioni (Тоshkent sh.) Nominali – 1200 so‘m.
1163. «Мinor» masjidi (Тоshkent sh.) Nominali – 1200 so‘m.
1164. Ustyurt gaz va kimyo kompleksi Nominali – 1500 so‘m.
1165. Shevrolet avtomobili (Kobalt) Nominali – 1500 so‘m.
1166. «Afrosiyob» elektropoyezdi Nominali – 2100 so‘m.
1167. ТАТU magistratura bitiruvchilari Nominali – 2100 so‘m.
1168. Vatan himoyachilari Nominali – 2500 so‘m.
1169. Baxtli ona va bola Nominali – 2500 so‘m.

Dizayner — Yusupaliyev U.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq