Onlayn kreditlash sistemasi
04.09.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zbek ixtirochisi Xolmurodov Muzaffar onlayn kreditlash sistemasini yaratdi. Onlayn kreditlash sistemasi bank, kredit-moliya axborot sistemalarida qo‘llaniladi.
Mazkur foydali model yuqori ishonchlilikda ishlaydigan va funksional imkoniyatlari keng bo‘lgan bir lahzada onlayn-kreditlash sistemasini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan. Onlayn kreditlash sistemasida qarz oluvchilarning chekka qurilmalari markaziy boshqaruv moduli bilan himoyalangan telekommunikatsiya aloqa moduli orqali ulangan. Qarz oluvchining chekka qurilmasi sifatida yo shaxsiy kompyuter, yo smartfon, yo planshetli kompyuter, yo mobil telefon, yoki avtomatlashtirilgan terminal qo‘llanilgan.
Muallif ushbu foydali model uchun № FAP 01115 raqamli patent oldi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq