TekWind ODMSST-10 moslamasi yirik planshet egalariga yordam beradi
02.09.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Planshetlar uchun zamonaviy operatsion tizimlarning takomillashtirilishiga erishildi: ularning yordamida nafaqat navbatdagi o‘yinlarni o‘ynash yoki yangiliklardan xabardor bo‘lish bilan vaqtni ko‘ngilli o‘tkazish, balki samarali ish bajarish mumkin, keyingi yillarda mazkur qurilmalar ish bajarish quvvati sezilarli darajada o‘sdi. Yana planshetlarning shakl-shamoyili ham noqulayliklardan forig‘ bo‘lmoqda. Buning uchun uni joylashtirib ishlash uchun TekWind ODMSST-10 moslamasi yordamga kelmoqda, har qanday planshet AIO tizimlari kabi joylashtirib ishlashda yaxshi qulaylik his etish imkonini beradi.
Mavjud ikki sharniri evaziga ekranining burilish burchagi va planshet holatini boshqarish keng qulaylik baxsh etadi, buning asosini 10400 mAch sig‘imli qo‘shimcha akkumulyator batareyasi tashkil etadi. Unda 2,1 ampergacha yuklamaga qobiliyatli bir juft USB porti mavjud. Moslama akkumulyatori taxminan 7–8 soat mobaynida quvvat oladi, ishlab-chiqaruvchi uning 500 marta quvvatlanish-quvvatsizlanishiga kafolat beradi.
Qurilma kattaligi hajmi 135 x 97,3 x 28,4 millimetrni tashkil etadi, og‘irligi 390 gramm — bu uni yo‘lga olib yurish uchun ham juda qulay. Agar uning jamlanmasiga Bluetooth interfeysli kichik klaviatura yoki hatto shichqonchani qo‘shimcha qilinsa, unda pochta, hujjatlar yoki oddiy grafik yoki musiqiy muharrirlar bilan ishlashga yaxshigina yechim bo‘la oladi.
Manba: www.gdm.or.jp