Robot-ofitsiantni ishdan haydaldi
02.09.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

ofis_2_09_2016

Worker’s Daily Xitoy nashri xabar berishicha, robotlashtirilgan ofitsiantlardan foydalanilgan xitoydagi ikki restoranda zarar ko‘rilayotgani ma’lum bo‘ldi. Restoran xodimlaridan birining so‘zariga qaraganda: «Robotlar sho‘rva yoki boshqa ovqatlarni yetkazib berishni uddalay olmaganlar. Ular tez-tez buzilib qolavergan».

Mazkur fikr jahon hamjamiyatlarini hayratga solgan, — xabar beradi Robotics.ua. Robot-ofitsiantlar juda yaxshi ixtiro bo‘lib ko‘rinsada, stollar atrofida bemalol harakatlana oladigan ma­shinalar ovqatni olib kelish va bo‘shagan idish-tovoqlarni olib ketish, muloqot qilish amallarini yaxshi bajargan, birinchi qarashda restoran biznesi uchun ajoyib yechim deyish mumkin, biroq boshqacha yondashilganda ularning malakalari juda cheklangan. Robotlarning inson o‘rnini bosishlariga hali juda erta, mijozlardan buyurtma olib, bokalga ichimlik quyib, har qanday savollarga javob berish, xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha masalalarni to‘g‘ri tushunish hozircha faqatgina insonlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq