Olma teruvchi robotlar yaratildi
02.09.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Kaliforniyada bosh ofisi joylashgan Abudant Robotics Inc. Amerika kompaniyasi yaqin orada insonlar uchun mashaqqatli mehnat qilish butkul zarur bo‘lmasligini isbotlovchi yana bir ilmiy g‘oya natijasini namoyish etdi.

Gap onegadget.ru bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqil ravishda va ularga zarar yetkazmasdan meva hosillarini tera oladigan ajoyib robot ustida bormoqda. Uning asoschisi bo‘lgan Abudant Robotics Den Stirining ma’lum qilishicha, olimlar uzoq vaqtdan buyon mevalar hosilini yig‘ib olishni avtomatlashtirishga yordam beruvchi shunday qurilma yaratish ustida bosh qotirib kelardilar.

olma_2_09_2016

Kompaniya mutaxassislari shunday qurilmani nafaqat yaratish ishini uddaladilar, balki o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani juda yaxshi amalga oshira oladigan uning dastlabki prototipini sinovdan ham o‘tkazdilar. Kompaniyada mazkur yangi ijod mahsulini qanday nomlashni hali o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lsalarda, robot ko‘plab ishlarni bajara oladi, shu bilan birga, u bir soniyada meva hosilini terish tezligini oshira olishini namoyon etdi. Robot meva hosilini juda ehtiyotkorlik bilan teradi: u yerga tushib ketgan olmalar ustidan bosib o‘tmay, balki allaqachon terilgan olmalarning bir-biriga tegib ketmasligini ham ta’minlaydi. Bu vakuumli yig‘ish evaziga amalga oshadi — robot go‘yo changyutkich kabi mevalarni o‘ziga tortadi. Albatta, robot changyutkichga nisbatan aqlliroq, u shunchaki mevalarni o‘ziga tortmaydi, balki terilgan olmalarni urintirmay, ularni amortizatsiyali truba tarmog‘i orqali o‘tkazadi, shu sababli olmalar bir-biriga urilib ketmaydi.

Kompaniya mutaxassislari kelgusida robot yaxshi mevalarni ezilgan, sifatsizlaridan ajratishi hamda zararli qurtlar tushgan da­raxtlardan chetlab o‘tish uchun uning konstruksiyasini takomil­lashtirishni rejalashtirganlar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq