NASA $1 mln. miqdoridagi sovrinli marsian robotini yaratish uchun tanlov ta’sis etdi
02.09.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

nasa_2_09_2016

Aeronavtika va kosmik ilmiy-tadqiqot (NASA) bo‘yicha AQSH milliy boshqarmasi, insonlarga ko‘makchi, jumladan, Marsni o‘zlashtirishda yordam bera oladigan odamsimon robot modelini yaratish bo‘yicha Space Robotics Challenge tanlovini e’lon qildi. Musobaqa ishtirokchilari ma’lum bir vazifalarni bajara oladigan virtual robotni dasturlashtirishlari kerak bo‘ladi. Bu, xususan, robot Qizil Sayyoradagi qumli bo‘ronlar oqibatlarini bartaraf etish, Yer bilan uzilgan aloqani tiklash, quyosh batareyalarining nosozliklarini ta’mirlash va hayot modulida nosozliklarni bartaraf etish kabi va­zifalarni bajarishi shart.

Virtual model asosiga «Robonavt» (Robonaut 5, R5)ni olish tavsiya etiladi. Mazkur tizim koinotdagi past harorat sharoitlarida befoyda bo‘lib qoladigan an’anaviy gidravlikaga emas, balki elastik materiallar texnologiyalariga tayanadi.

Tanlov sovrinlari jamg‘armasi 1 million AQSH dollaridan iborat. Space Robotics Challenge musobaqasida ishtirokchilarni ro‘yxatga olish boshlanib bo‘lgan. Saralash turniri sentabr oyining o‘rtalaridan noyabrga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida o‘tkaziladi, g‘oliblar esa dekabr oyida e’lon qilinadi. Kelasi 2017-yil yanvar oyidan iyun oyigacha tanlovning asosiy bosqichi o‘tkaziladi. Vir­tual musobaqa finali iyun oyida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.nasa.gov

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq