M2M texnologiyasining texnik imkoniyatlari tahlili
02.09.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Elyor Azizov.

m2m_2_09_2016

M2M (ingl. Machine-to-Machine) – qurilmarning o‘zaro yoki qurilmadan qurilmagacha harakati ma’nosini anglatuvchi texnologiya bo‘lib, umumiy qilib aytganda, qurilmalarning o‘zaro ma’lumot almashinuvi yoki ma’lumotlarni bir tomonlama uzatilishini ifodalovchi tushunchadir. Ularga simli yoki simsiz ma’lumotlar uzatish texnologiyalari, datchik monitoring tizimlari yoki shunga o‘xshash ko‘rsatkichdagi holatlarni aniqlovchi qurilmalar kiradi. Misol uchun, avtomatik holatda, bankomat yoki to‘lov o‘tkazuvchi terminallar qurilmada chek qog‘ozi tugaganligi to‘g‘risida, shuningdek, bankomatdagi naqt pulning holati to‘lganligi kabi ma’lumotlarni va boshqa operatsiyalar holatlari haqidagi ma’lumotlarni GSM-tarmog‘i orqali uzatish mumkin.

Hozirgi vaqtda M2M texnologiyasi xavfsizlik, sog‘liqni saqlash tizimla­rida hamda bugungi kunda jadal rivojlanayotgan GPS tizimi asosidagi hara­katlanuvchi obyektlar pozitsyasini aniqlashda qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, hozirgi kunda yo‘lovchi avtotransportlarida ham keng qo‘llanilmoqda, bu nafaqat avtotransportning amaldagi joyini aniqlash, balki uning texnik holati haqida ham ma’lumot olish imkonini beradi.

Mazkur texnologiya yana hozirda ommalashib borayotgan «aqlli uy» turkumidagi zamonaviy turar-joylarda uydagi xavfsizlik tizimi holati yoki uy xonalarining harorati kabi ma’lumotlarni uzoq masofadan turib, kuzatish yoki boshqarish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

m2m_2_09_2016_1

M2M texnologiyasidan foydalanuvchilar soni(mln)

Mazkur texnologiya vujudga kelishining asosiy sababchisi — bu 1989-yilda, birinchilardan bo‘lib, tijorat avtotransportlarini kuzatishga mo‘ljallab ishlab chiqilgan Qualcomm kompaniyasining «OmniTRACS» dasturidir.

Berg Insight analitiklari ma’lumotlariga ko‘ra, mobil aloqa tizimlarida M2M texnologiyasi tarmog‘iga ulangan foydalanuvchilar soni (2011-yil holati bo‘yicha) jahonda 37 foizga o‘sgan hamda taxminan 108 million foydalanuvchiga yetgan. Osiyo-Tinch okeani hududida esa bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lib, ya’ni 64 foizga o‘sgan va foydala­nuvchilar soni 34,5 millionni tashkil etgan.

Yevropa va Shimoliy Amerika hududla­rida esa M2M texnologiyasidan foydalanuv­chilar soni 27 foizga o‘sib, abonentlar soni 32,3 millionni tashkil etdi. Bundan tashqari, mutaxassislar taxminiga ko‘ra, mazkur texnologiyadan jahon bo‘ylab, foydalanuvchilar soni bu yil o‘rtacha holatda 27,2 foiz o‘sib, abonentlar soni 359,3 million kishiga yetadi.

Hozirgi kunda LTE tarmog‘i orqali M2M xizmatlarini taqdim etish keng holatda amalga oshirilmoqda. Masalan, «AC&M consul­ting and research agency» agentligi muta­xassislari tomonidan keltirilgan ma’lumotlar ham bunga asos bo‘la oladi, ya’ni bunda LTE tarmog‘i foydalanuvchilari sonini yildan-yilga ortishini ko‘rish mumkin.

M2M texnolgiyasini LTE tarmog‘ida qo‘llashning asosiy sabablaridan biri — bu LTE tarmog‘ining to‘laqonli paketli kommutatsiya asosida hamda mazkur tarmoq IP-protokoli bo‘yicha ishlashidir. Bunda, mazkur texnologiyaning mobil tarmoqda qo‘llaniladigan boshqa texnologiyalardan farqi ma’lumotlarni uzatishning kechikish holati minimal darajada bo‘lganligi bilan ham tasniflanadi.

m2m_2_09_2016_2

Mobila aloqa tarmoqlarining foydalnuvchilar soni (% ko‘rsatkichida)

Bundan tashqari, LTE tarmog‘ida IPv6 boshqa manzilga yo‘llash funksiyasini ham o‘z ichiga oladi. Bu esa tarmoqda o‘ta muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlardan bo‘lib hi­soblanadi, chunki IPv4 boshqa manzilga jo‘natish funksiyasi tarmoqda qo‘llanilganda buning vaqti juda tez qisqaradi. M2M texnologiyasidagi foydlanuvchilar soni kundan-kunga o‘smoqda, bu bilan boshqa manzilga jo‘natishda qo‘shimcha muammolarni yara­tishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, M2M texnologiyasi turli sohalarda jadal rivojlanmoqda, jumladan, ta’lim sohasi, tibbiyot, xavfsizlik sohalarida o‘z o‘rnini kengaytirmoqda. Bunga sabab mazkur texnologiyaning xizmatlari xilma-xilligi bo‘lib, bu ish jarayonida insonlar xizmatlarini osonlashtirishga turtki bo‘la oladi.

Foydalanilgan adabuyotlar:

1. Технослав Бергамот “Прогноз Ericsson: смартфоны обгонят телефоны только в 2016 году”.
2. wikipedia.org/межмашинное взаимодействие.

Muallif: Elyor Azizov, TATU magistranti

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq