Jahonda birinchi robot – sakkizoyoq yaratildi
02.09.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ishlab-chiqaruvchilar Jahonda birinchi robot — sakkizoyoq (osminog)ni taqdim etdilar, uning yaratilishi ustidagi ishlar 2009-yil­dayoq boshlangan edi. Aslida, yangi robot — Ktulxuning mukammalligi haqida fikr yuritishga hali erta bo‘lsada, okean ostida mudrab yotgan jonzotlar kabi u ham toshlar uzra harakatlana oladi, kichik predmetlarni tutib olishi va hattoki, ularni suv ostiga olib ketishi ham mumkin.

robo_2_09_2016

Oktobotning yaratish ishlarida 2009-yildan buyon ishtirok etgan mutaxassis — Sesiliya Laschi ma’lum qilishicha, olimlar guruhi o‘z oldiga robot — osminog yaratish vazifasini qo‘y­ganlarida, u tirik jonivor sakkizoyoqdan umuman farq qilmasligi belgilangan edi. Bunday robotni yaratishning qiyinligi, avvalo, sakkizoyoqning paypaslagich (qisqichlari)ni yaratishda edi. Olimlar paypaslagich (qisqichlar)ning ikki variantini yaratishni taklif etdilar. Birinchi variantida ularni go‘yo chinakam muskullar kabi elektrik tok ta’sirida egilib, bukilishi, cho‘zilib, yig‘ilishi uchun elektrooptik polimerlardan ishlash zarur edi. Ikkinchi variant esa sun’iy ichak kabi granulalangan materiallar bilan to‘ldirilishi kerak edi. Uning harakatlari esa havo haydalishi bilan amalga oshirilgan bo‘lardi.

Hozirgi vaqtda sakkizoyoq paypaslagichlari sifatida silikonga o‘ralgan kabellar taqdim etilgan — bunday material haqiqiy jonzotga o‘xshahshlikda to‘la mos keldi. Hozircha robot juda mustahkam bo‘lmasada, shuningdek, takomillashtirishga ehtiyoj mavjud bo‘lgani bilan u hozirning o‘zida ayrim predmetlarni ushlab olib, suv ostiga sho‘ng‘ib keta oladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq