Huawei bolalar uchun Disney va Marvel qahramonlari bilan aqlli soatlarni taqdim etdi
02.09.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Huawei kompaniyasi bolalar uchun yangi aqlli soatlarni taqdim etdi. Soatlar Disney va Marvel kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, Mikki va Minni Maus, Frozen va Amerika Kapitani multfilmi qahramonlarining tasviri mavjud bo‘lgan versiyalari­ning tanlovi taqdim etilgan.

huawei_2_09_2016

Huawei bolalar uchun yangi aqlli soatlari GPS moduli bilan jihozlangan bo‘lib, bu bolaning joylashgan joyini kuzatish imkonini beradi, xavf-xatar tugmasi ota-ona smartfoniga xabar yubora oladi, shuningdek, kompas va akselerometrga ham ega. Bundan tashqari, soatga kiritilgan GSM moduli favqulodda holatlarda saqlab qo‘yilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilish imkonini beradi. Barcha xabar va yozuvlar bulutli Huawei serverida saqlanadi.

Soat 1,3 duym diagonalli PMOLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, iOS va Android boshqaruvi ostida amal qiladigan smartfon bilan sinxronlashtirilishi mumkin. 300 mAch sig‘imli akkumulyatorni quvvat oldirish uchun ikki soatga yaqin vaqt kerak bo‘ladi, bu unga deyarli bir yarim kun ishlashiga yetarli bo‘ladi. Soat chang tushishi va namlikdan himoyalangan, IP55 standarti talablariga javob beradi.

Bundan tashqari, mazkur aqlli soat foydalanuvchilari qo‘l berib ko‘rishish orqali axbort almasha oladilar, mazkur funksionalik Shake nomini olgan.

Manba: www.gizmochina.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq