Farmatsevtika sohasida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni
02.09.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Sh.Ubaydullayev.

farm_2_09_2016

Yurtimizda zamonaviy axborot texnologiyalari har bir sohada jadal qadamlar bilan rivojlanib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunika­tsiyalar vositalari, fuqarolarning axborotga nisbatan o‘sib borayotgan ehtiyojlarini iloji boricha to‘liq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga qo‘shilish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda dunyo axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hozirgi jamiyat taraqqiyoti­ning ustuvor yo‘nalishlaridandir.

Shu bilan bir qatorda, «O‘zfarmsanoat» AK tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar e’tiborga loyiq. Hozirgi vaqtda «O‘zfarmsanoat» AK boshqaruv appa­rati tarkibida «Ixtisoslashtirilgan axborot-kom­­munikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘linmasi» mavjud bo‘lib, ushbu bo‘linma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «Elektron hukumatni rivojlantirish markazi» va «Axborot xavfsiz­ligini ta’minlash markazi» bilan hamkor­likda faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-ap­reldagi «Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2158 qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida AK «O‘zfarmsanoat» apparat boshqaruv tizimi va tarkibidagi korxonalar miqyosida «O‘zfarmasanoat» AK «Korporativ axborot tizimi» joriy qilish ishlari 2016-yilning 3 choragida yakunlash ishlari rejalashtirildi. Hozirda ushbu tizim malakali mutaxassislar tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda.

farm_2_09_2016_1

«O‘zfarmsanoat» AK ning 2016-yil 25-iyul­dagi nabatdagi yig‘ilishida loyiha to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qaroriga muvofiq «O‘zfarmsanoat» AK rasmiy veb-saytini tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda saytni ushbu qaror talablariga muvofiq yangilanishi va moder­nizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

farm_2_09_2016_2

Ta’kidlab o‘tish kerakki, ushbu veb-sayt, O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sa­noati faoliyati va jahon farmatsevtika yan­giliklari to‘risidagi ma’lumotlar bilan yangilanib kelinmoqda.

Boshqaruv apparati zamonaviy server va kompyuter qurilmalari bilan ta’min­langan. UZ domenida korporativ pochta tizimi 50 nafar foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatilishi «Ixtisoslashtirilgan axborot-kom­munikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘linma»si tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Soha tashkilotlarining axborot texnologiyalarini joriy qi­lish bo‘yicha o‘rganish natijalariga ko‘ra «O‘zfarmsanoat» AK apparat boshqaruvi AKT ni joriy qilish ishi «yaxshi» deb baho­landi.

Muallif: Sh.Ubaydullayev, «O‘zfarmsanoat» AK Ixtisoslashtirilgan bo‘linma rahbari

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq