Eng avvalo, servis xizmati to‘g‘ri bo‘lishi shart
02.09.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Aslida, restoran egalari barcha odamlar ish o‘rnini robotlarga almashishni istamaganlar ham. Ular shunchaki, servisning asosiy funksionalligini hisoblab ko‘rganlar, bu esa ovqatni yetkazib berish va bo‘sh idish-tovoqlarni yig‘ishtirib olishdangina iborat bo‘lgan. Ular aynan shugina amallarni bajarganlar xolos. Biroq tashrif buyuruvchilar robot-ofitsiantlar imkoniyatlaridan hayratga tushganlar, ular robotning yomon xizmat ko‘rsatishidan shikoyat qila boshlaganlar. Aslida, tashrif buyurganlarga kim xizmat qilishidan ko‘ra sifatli xizmat afzalroq bo‘lib hisoblanadi. Muhimi, mazkur servis muno­sib darajada bo‘lishi zarur.

Bunga xitoylik robot-ofitsiant Relay yaxshi misol bo‘la oladi. Apparat alohida xususiyatlari bilan farq qilmaydi, u sekin hara­katlanadi, juda kam yuk ko‘tara oladi va u odam kabi ishonchli xizmat ko‘rsata olmaydi. Biroq robot-ofitsiant Relay odamlarga yoqib qolgan. Robot ishlaydigan otel xodimlari mashina evaziga ayrim iqtisodiy samaraga erishilganligi haqida fikr bildirdilar. Biroq bu yagona holat bo‘lib, hozircha ommaviy ishlab chiqarilgan robot daromad keltira olmasligi aniq. Ayrim jihatdan apparat odamdan ham yaxshi ishlay oladi. Gap shundaki, otel muhiti restoranga nisbatan tuzilmaviy jihatdan farq qiladi. Bir punktdan boshqasiga mahsulot yetkazib berish robot uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bundan tashqari, Relay mijozlar bilan ham muloqot qila oladi, biroq restoranlardagi robot-ofitsiantlar bunday maqtovga sazovor bo‘la olmaganlar. Ta’kidlash lozimki, amalga oshiradigan funk­siyalari soni va sifati jihatidan hamda ish haqi sababli hozircha robot-ofitsiantlar texnik tizimi insonlar ish o‘rnini egallashga tayyor emas. Robotlar pul mablag‘iga ehtiyoj sezmaslikariga qaramay, ulardan hozirgi vaqtda hech qanday foyda ko‘rilmayapti.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq