DuoSkin metallashtirilgan shakllarni tanaga yuritib, axborotni kiritish yoki chiqarishda foydalanish mumkin
02.09.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
MIT MediaLab va Microsoft Research mutaxassislari hamkorlikda yupqa oltin halli folgadan teriga elementlarni yuritish texnologiyasini ishlab chiqdilar. Tanaga yuritishda ham shakllardagi kabi tamoyillar amal qiladi.
Tadqiqotchilar ishlanmaning qo‘llanilishida uchta variantni taqdim etdilar. Olingan elektrodlardan, masalan, elektron qurilmalarni boshqarish muruvvatlari kabi axborotni kiritishda foydalanish mumkin.
Agar elektrodlarga termoxromli bo‘yoq yuritilsa, unda «tatuirovka» rangini o‘zgartira oladi, ya’ni undan axborotni chiqarishda qo‘llash mumkin. Nihoyat agar metall poloskalardan katushka shakllantirilsa, undan simsiz aloqa uchun (radiochastota metkasi antennasi sifatida) foydalanish mumkin. Elektrodlarni boshqa qismlari bilan birlashtirilsa, ancha murakkab mahsulotlar, masalan, svetodiodli podsvetkali mahsulotlarni yaratish mumkin. Loyiha ishtirokchilarining so‘zlariga qaraganda, elektrodlar kun mobaynida o‘z ish qobiliyatini saqlab qola oladi va foydalanuvchida noqulaylik uyg‘otmaydi. 4,5 mm.dan ortiq kenglikka ega poloskalar 2000dan ortiq deformatsiyali harakatlarda ham o‘tkazuvchanligi buzilmaydi.
Manba: http://duoskin.media.mit.edu