DESIN Obi — imkoniyati cheklanganlar uchun ajoyib robot
02.09.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ovqat tanovvul qilishda jismoniy muammolari mavjudligi sababli qiynaladigan imkoniyati cheklanganlar uchun robotlashtirilgan Obi qurilmasi ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Robot-apparat o‘zida robo­totexnikaning ilg‘or texnologiyalarini jamlagan, hashamatli di­zayni, boshqarishda qulay va tushunarli bo‘lgan do‘stona interfeysi bilan imkoniyati cheklanganlarga uy sharoiti hamda jamoat joylarida ovqatlanishda bemalol yordam berish xususiyatiga ega, — xabar beriladi Robotics.ua.

desin_2_09_2016

«Ovqatlanish inson hayotidagi eng zarur omillardan biridir, busiz me’yordagidek, yashashning imkoni yo‘q, — deydi DESIN kompaniyasining hammuassisi Jon Dekar. — Qurilmamiz jismoniy imkoniyati cheklanganlarga to‘laqonli hayot kechirishlariga ishonch baxsh etadi. Texnologiyalar, jumladan, zamonaviy di­zayn bilan uyg‘unlashgan robototexnika, bunga yordam beradi».

Obi DESIN kompaniyasining birinchi mahsuloti bo‘lib hisoblanadi. Robotning birinchi prototipi 2006-yilda Deyton Universitetida Jon Dekar tomonidan ishlab chiqilgan. O‘sha vaqtda u muhandislik fakultetining talabasi bo‘lib, turli yoshdagi imkoniyati cheklangan insonlar muammolarini ko‘p kuzatishga ulgurgandi.

«Har kuni millionlab imkoniyati cheklangan odamlar hamshiralar kabi boshqa insonlar yordamida ovqatlanadi. Bu esa ularga o‘zlarini noqulay his etib, to‘laqonli yashashlariga imkon bermaydi. Shu sababli bunday sharoitni o‘zgartira oladigan qurilma yaratishga qaror qildim», — deydi Jon Dekar.

Jon va uning otasi Tom, Deloitte korxonasining sobiq vitse-raisi va 2010-yilda asos solingan DESIN obshinasining rahbari bilan keyingi olti yil mobaynida Obi dizayni, investorlar, yetkazib beruvchilarni izlash, foydalanuvchilarning turli guruhlari bilan prototiplarni testdan o‘tkazish hamda manfaatdor tomonlar hamjamoalari bilan munosabatlar o‘rnatish ustida ishladilar.

«Bu qog‘ozdagi loyihadan tayyor Obi blokiga erishishga qadar o‘tgan to‘qqiz yil davom etgan ajoyib sayohatdir, — deydi Jon Dekar. — Bugungi kunda bu jamoamiz uchun katta yutuqdir, biroq jismoniy imkoniyati cheklangan odamlarga robotning yordam berishi undan ham katta quvonchga sazovor. Mazkur loyihani amalga oshirishda iroda kuchiga tayanib, ajoyib muammolarni hal eta oladigan ko‘plab ajoyib insonlarni uchratdim. Ularni me’yoriy hayotga qaytarishga yordam bera olish — bu faxrli va xayrli ishdir».

Obi — yangi avlod qurilmalaridan biri bo‘lib, yangi kichik miqyos­li va murakkab imkoniyatlarda foydalaniladi, biroq nisbatan arzon texnologiya bo‘lib, iste’molchilarga katta foydali xizmat ko‘rsata oladi.

«Bugungi kunda iste’molchilik mahsulotlarini yaratish ishlari odatda o‘yinchoqlar kabidir. Bugungi kunda odamlar ularga kundalik hayotlarida yordam beradigan texnologiyalarni izlaydilar. Buni Obi qurilmasi orqali ko‘rdik. Biz haqiqatdan ham amaliy yechim topib, unga zamonaviy dizayn baxsh etib, iste’molchilar talabini qondirish uchun zamonaviy qurilma taqdim etdik. Odamlar birinchi bor Obidan foydalanganlarida, o‘zlarida hayrat va hayajon his etadilar, sababi robot ularning hayotlarini yaxshi tomonga o‘zgartirib yuborishini tu­shunadilar. Odamlar robotdan foydalanish osonligi, uning hashamatliligi va chiroyliligi hamda boshqa ijtimoiy o‘zaro hamkorlikni tiklashga yordam berishidan hayratlanadilar. Bu ovqatlanayotgan odam uchun shunchaki oddiy yoqimli amaliyot, — deydi, mijozlardan biri bo‘lgan Devid Xare. — Men mazkur mashinadan qanchalik katta huzur olib, yashayotganimni ta’riflashga ojizman, bundan juda xursandman. Bilamanki, odamlar mobil telefoni va noutbukdan huzurlanib foydalanadilar, biroq bu Obi qurilmasidan huzurlanishdek quvonch baxsh etmaydi. U hayotimni juda o‘zgartirib yubordi».

«Obi barcha oilamizga foyda keltirdi, — deydi artrogripozdan azob chekadigan Greys ismli 3 yoshli qizchaning onasi Amanda Golembiyevski. — Greysni ovqatlantiradigan vaqtim endi barcha uch nafar farzandlarim uchun sarflanmoqda!».

Obi qurilmasining asosiy funksiyasi robotlashtirilgan manipulyator yordamida idish-tovoq sig‘imidan to‘g‘ri o‘lchamdagi taomni olib, oddiy qoshiq yordamida foydalanuvchiga uzatishdan iborat. Bort datchiklari foydalanuvchiga to‘g‘ri mo‘ljal olish imkonini beradi. Obi foydalanuvchi qachon va qancha, qanday ovqat tanovvul qilganligining nazoratini ham yuritadi. Qurilma akkumulyator orqali quvvatlanadi hamda bu unga bir marta quvvat olib, foydalanuvchini to‘rt martadan olti martagacha ovqatlantirish uchun yetarli bo‘lgan zarur energiya bilan ta’minlaydi. Robot tinchgina amal qiladi va uni portativ kompyuter kabi osongina boshqarish mumkin. Mahsulot turli innovatsiya va imkoniyatlari evaziga sakkizta patent olishga muyassar bo‘lgan. Robot 2016-yilda International Design Excellence Awards mukofoti sovrindori bo‘ldi. AQSHda ishlab chiqilgan Obi FDA talablariga javob beradi hamda Underwriters Laboratories sertifikatiga ega. Obi nomi obeisance (izzat-ehtirom) so‘zidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu shaxsga hurmat-izzat ko‘rsatish ma’nosini anglatadi. Buning isboti sifatida robot ishga solinganida u foydalanuvchiga ta’zim qilib egiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq