Airbus uchuvchisiz uchar taksi sinovdan o‘tkaziladi
02.09.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

air_2_09_2016

Airbus jahondagi yirik aviasozlik kompaniyalaridan biri bo‘lib, o‘zi boshqariladigan havo taksisini yaratish bo‘yicha kodli Vahana nomli loyihalaridan biri haqida ma’lum qildi.

air_2_09_2016_1

Ma’lumki, uchar mashinalar ko‘plab vintli konstruktsiyaga ega bo‘ladi. Bunday dronlar uchun maxsus elektrik motorlar va samarali akkumulyator bloklari loyihalashtiriladi. Aviataksi muhitda o‘ta ishonchli mo‘ljal olish tizimi va yo‘nalishda mavjud obyektlarni sezish vositalari bilan jihozlanishi shart. Bu Airbus mutaxassislari oldida turgan eng murakkab masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Vahana loyihasi nisbatan yangi loyiha ekanligini ta’kidlash zarur. Mazkur loyiha ustida — joriy yil fevral oyida ish boshlangan. Shunday bo‘lsada, ishlab chiqaruvchilar 2017-yil oxirigacha ushbu uchar apparatlarni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirganlar. Airbus muta­xassislari fikriga ko‘ra, robotlashtirilgan havo taksisini tijorat aso­sida foydalanishga beradilar, bu 2027-yilda amalga oshirilishi mumkin. Bunday mashinalar katta shaharlarda avtomobil yo‘l­larining serqatnovligi, tirbandliklar yuzaga kelish holatini kamaytirishga xizmat qilishi taxmin qilinmoqda.

Manba: www.newatlas.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq